Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:31

Sidney qahvaxonasining ishg‘oli payti uch kishi o‘ldi


Sidney shahrida odamlar garovda ushlab turilgan Lindt qahvaxonasining ishg‘oli payti ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi. Odamlarni 16 soat davomida garovda ushlab turgan eronlik qochqin 50 yashar Man Xaron Monis esa politsiya ishg‘oli payti o‘ldirilgan.

Ishg‘ol payti ikki kishi o‘ldi, uch kishi yaralandi

Politsiyaning Lindt qahvaxonasini ishg‘ol qilish payti ikki kishi halok

bo‘ldi, uch kishi yaralandi.

Bu haqda Avstraliya televideniyesiga tayanib SNN xabar qildi.

Kim o‘lgani va jarohatlangani hozircha aniq emas.

Sydney Morning Herald nashri ishg‘ol payti o‘lganlar to‘rt kishi ekani haqida yozdi.

Ayrim nashrlar o‘lganlar soni olti kishi deya xabar qildi.

Sidney vaqti bilan 16 dekabr tonggi soat 3larda qahvaxona to‘la ishg‘ol qilingani xabar qilindi.

Politsiyaning so‘nggi ma‘lumotiga ko‘ra, Monis jami 17 kishini 16 soat davomida garovda ushlab turgan.

Politsiya qahvaxonaga bostirib kirdi

Avstraliya televideniyesi jonli efirda Lindt qahvaxonasiga politsiya bostirib kirgani tasvirlarini namoyish qildi.

Politsiya qahvaxona ichkarisiga kirayotgan payti o‘q ovozlari eshitilgan. Bu paytda garovdagilardan bir necha nafari qochayotgani tasvirlari ham ko‘ringan.

Shuningdek, shifokorlar bir nechta zambilda odam tashiyotganini ham ko‘rish mumkin.

Qahvaxonadagi garovgirlardan yetti kishi qutilishga muvaffaq bo‘lgan.

Sidneyda qahvaxonadagilarni garovga olgan shaxs ochiqlandi

Bugun ertalab Sidney shahri markazidagi Lindt qahvaxonasida odamlarni garovda ushlab turgan shaxs eronlik qochqin Man Xaron Monis ekani ma‘lum qilindi.

Eronlik qochqin Man Xaron Monis
Eronlik qochqin Man Xaron Monis

Avvalroq jinsiy zo‘ravonlikda ayblab ushlangan 50 yashar Monis keyinroq garov puli evaziga ozod qilingan.

Shuningdek, Monis chet elda halok bo‘lgan avstraliyalik harbiylarning oilalariga tahdid va haqoratli so‘zlar bilan xat yo‘llaganlikda ham ayblangan.

Qahvaxona ichkarisida Monis necha kishini garovda ushlab turgani noma‘lum. Garovdagilardan besh kishi qochgani xabar qilindi. Politsiya qahvaxonada jami necha kishi ushlab turilganini ochiqlamadi.

Avvalroq garovdagilar soni 30 kishiga ekani aytilgan edi.

Jangarilar qo‘lida qora bayroq bor

Avstraliya televideniyesi 15 dekabr kuni ertalab qahvaxona derazasi oldida kamida uch kishi qo‘lini ko‘tarib turgani, ular yonida esa arabcha yozuvi bo‘lgan qora bayroq turganini namoyish qildi. Bayroqdagi yozuvning Shahodat kalimasi ekani taxmin qilinmoqda.

Voqea guvohlari qahvaxonadan o‘q ovozlari eshitilganini aytganlar. Hodisa chog‘ida qurbon bo‘lgan yoki yaralanganlar haqida hozircha hech qanday ma‘lumot yo‘q.

Avstraliya bosh vaziri Tony Abbott poytaxt Kanberrada jurnalistlarga bu voqea siyosiy motivga ega yoki emasligini bilmasligini, ammo bunga ishora qiluvchi ayrim alomatlar borligini aytdi.

Buning odamlarni qo‘rqitishga qaratilgan zo‘ravonlik ekanini urg‘ulagan bosh vazir hamyurtlarini xotirjamlikka undadi.

- Avstraliya tinch, ochiq va himmatli jamiyatdir – buni hech narsa o‘zgartirmasligi lozim. Shuning uchun men bugun barcha avstraliyaliklarni odatdagidek ishlariga borishga chaqirgan bo‘lardim, - dedi Avstraliya bosh vaziri.

Yangi Janubiy Uels politsiyasi komissari Andrew Scipione mazkur voqea hali terrorchilik xuruji sifatida malakalanmagani, biroq buning terakt ekani istisno ham qilinmayotganini aytdi.

Garovdagilardan besh kishi qochdi

Ma‘lumotlarga ko‘ra, olti soatlik qamaldan so‘ng Lindt qahvaxonasidan uch erkak qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay u yerdan yana ikki ayol qochib chiqqan. Ularning qochishi bilan bog‘liq tafsilotlar hozircha ma‘lum emas.

Keyinroq politsiya muzokarachilar garovgirlar bilan aloqaga chiqqanini bildirdi, biroq ularning qahvaxonadagi odamlarni nima sababdan garovga olgani haqida gapirishdan bosh tortdi.

Sidneyning Martin Place deb nomlanmish gavjum mavzeida joylashgan Lindt qahvaxonasi hozir politsiya tomonidan o‘rab olingan, bu joyga odamlar yaqinlashtirilmayapti. Shuningdek, qahvaxona atrofidagi binolardan odamlar evakuatsiya qilingan.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, Sidney qahvaxonasidagi odamlarni garovga olgan kishilar “Islomiy davlat” janggari guruhiga aloqador bo‘lishi mumkin.

Avtraliyalik politsiyachilar sentabr oyida “Islomiy davlat” guruhiga aloqadorlikda gumonlangan bir necha kishi hibsga olingani haqida ma‘lum qilgandilar.

XS
SM
MD
LG