Линклар

2015 yilning 1 yanvaridan boshlab 1 litr benzin va dizel yoqilg‘isi uchun iste‘mol solig‘i 25 so‘mga oshadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, yonilg‘i iste‘mol solig‘i 1 litr uchun 265 so‘mdan 290 so‘mga ko‘tariladi.

Siqilgan gazning 1 kubometri uchun soliq esa 220 so‘mdan 240 so‘mga oshadi.

Soliq oshishi natijasida yonilg‘i narxi ham qimmatlaydi. Hozirda Ai-80 2005 so‘m, Ai-91 2210 so‘m, Ai-95 esa 2435 so‘mdan sotilmoqda.

Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha viloyat va shaharlarida benzin taqchil. Ko‘plab AYoQShlarda benzin deyarli yo‘q.

Shu bois ko‘plab mashina egalarining davlat belgilagan narxda benzin olishlari imkonsizligicha qolmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG