Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:38

O‘zbekistonda aroq va tamaki qimmatladi


Yangi yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan aroq, spirt, pivo va tamaki mahsulotlari uchun aktsiz solig‘i stavkalari oshadi.

Yangi stavkalar prezident Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlarining prognozi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oshirilgan.

UzDaily ma‘lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan 1 dekalitr etil spirti uchun aktsiz solig‘i 4183 so‘m (+15%), konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlari uchun 37605 so‘m (+15%), pivo uchun 4106 so‘m (+15%)ga ko‘tariladi.

Tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i esa har 1000 ta donasiga 17451 so‘mdan 19196 ming so‘mga qimmatlaydi.

Ushbu mahsulotlar uchun aktsiz solig‘i o‘tgan yilning 1 yanvaridan ham 15% oshirilgan edi.

XS
SM
MD
LG