Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:24

Rashod Qori: Turkiyadagi suiqasd fitnasidan uch oy avval xabar topganman


Istanbulda asli o‘zbekistonlik imomning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumonlanib, yana ikki kishi qo‘lga olindi. Politsiya 15 dekabr kuni yana ikki kishini hibsga olgani haqida Turkiya politsiyasi ma‘lum qildi. Abdulloh Buxoriy nomi bilan tanilgan asli andijonlik Mirzag‘olib Hamidov 10 dekabr kuni Istanbulda otib ketilgan edi.

Istanbul politsiyasi tarqatgan xabarnomada aytilishicha, gumonlanuvchilarni qo‘lga olishda qotillik sodir etilgan joydagi kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar yordam bergan.

Undan avval, 11 dekabr kuni politsiya 27 yoshli Rossiya fuqarosi Zelimxon Maxtiyev qo‘lga olingani politsiya tomonidan tasdiqlangan edi.

Dushanba kuni esa yana ikki kishi, Eldar Aslan va Sobir Shukurov ismli gumonlanuvchilar qo‘lga olingani bildirildi. Ulardan biri Sobir Shukurov asli o‘zbekistonlik ekani, qo‘lida Rossiya fuqarosi pasporti bo‘lgani aytilmoqda. Eldar Aslan esa Turkiya fuqarosi ekani aytiladi xabarnomada.

Shu bilan birgalikda 11 dekabr kuni qo‘lga olingan rossiyalik Maxtiyev millati chechen ekani ham ma‘lum.

Ozodlikning avvalgi eshtirishlarida Turkiyadagi yetakchi va iqtidorga yaqin Yenı Şafak gazetasida Abdulloh Buxoriy nomi bilan tanilgan Mirzag‘olib Hamidovning otib o‘ldirishi munosabati bilan ëzilgan maqolada ushbu suiqasd ortidan rus va o‘zbek maxsus xizmatlarining to‘rt kishilik qatl ro‘yxati chiqqanligi haqida ma‘lum qilgandik.

Maqola muallifi Hamdi Qo‘ch o‘g‘lining Ozodlikka bildirishicha, uch oy ilgari tayyorlangan bu ro‘yxatda Muhammad Solih, uning o‘g‘li Timur Solih, qirg‘izistonlik imom Rashod qori va bir necha kun oldin o‘ldirilgan Abdulloh Buxoriylarning ismlari joy olgan.

Shuningdek Hamdi Qo‘ch¸ ro‘yxatdagilarni birlashtiruvchi nuqta — Karimov rejimiga qarshilik ekanini aytgandi.

Qatl ro‘yxatida bo‘lganlardan biri qirg‘izistonlik taniqli imom Rashod qori Kamolovning aytishicha, o‘ziga nistabatan suiqasd rejalanayotgani to‘g‘risidagi ma‘lumotdan u bir necha oy oldin xabar topgan:

- Suiqasd rejalangani to‘g‘risida, ro‘yxatda 4 kishi borligini eshitgan edim. Bundan taqriban 3 oydan ko‘proq avval eshitgan edik buni xabarini. Bizga xabar yetkazganlarga albatta Abdulloh Buxoriygayam yetkazinglar deb aytgan edik. Abdulloh Buxoriyniyam bu to‘g‘rida xabari bor edi,- deydi Rashod qori.

Ayni paytda, Rashod qori huquq-tartibot idoralariga o‘ziga nisbatan tahdid borligi to‘g‘risida bildirmaganini aytadi.

- Chunki ulardan o‘zimning tadbirimni qilib, o‘zimning ehtiyotimni qilib, o‘zimning safdoshlarim bilan birga o‘zimizni ehtiyot qilib yurishni afzal deb bilaman, deydi Kamolov.

Rashod qori bu suiqasd kim tomonidan buyurilganini bilmasligini biroq, ijrochilar borasida ma‘lumoti borligini aytdi:

- Men maxsus xizmat xodimlari buyurtma bergan deb aniq aytolmayman, lekin meni eshitganim bo‘yicha, ko‘cha bolalariga zakaz tushubdi 4 kishiga, degan so‘zni siyosiy qochqinlikdagi odamdan eshitganman. Shaxsan o‘zimga nisbatan buyurtmani, Qirg‘izistonda yurgan ko‘cha bolalaridan eshitgan edim. Bu ikki xabar ham bir-birini tasdiqlagan edi, deydi Rashod qori Kamolov.

XS
SM
MD
LG