Линклар

logo-print

Rossiyada istiqomat qilishi uchun belgilangan muhlatni 9 oy o‘tkazib yuborgan chet el fuqarolari Rossiya hududiga 10 yil kiritilmaydi.

Rossiyada yashab turishi uchun ruxsat etilgan muddat tugaganidan so‘ng ham yana 3 oy bu mamlakatda yashagani aniqlangan muhojirlar Rossiyaga 3 yil, muhlatni 6 oy o‘tkazib yuborganlar esa, Rossiyaga 5 yil kiritilmaydi.

Bu taqiqlar Rossiya Davlat Dumasi uchinchi o‘qishda qabul qilgan qonunda (закон №487829-6 “О внесении изменений в статью 27 Федерального закона «О порядке выезда из Российской Федерации и въезда в Российскую Федерацию») belgilab qo‘yildi.

Dumaning rasmiy saytiga ko‘ra, mavjud qonunga kiritilgan mazkur o‘zgartishdan maqsad noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha istiqomat qilish qoidalarini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Rossiyaga kirishini cheklashdir.

XS
SM
MD
LG