Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:39

"O‘zbekistonda davr almashmoqda"


Sirojiddin Islom
Sirojiddin Islom

Rossiya milliy valyutasi va iqtisodiyoti jahon bozorida neft narxining keskin tushib ketishidan va Moskvaning Ukrainadagi harakatlari bois, G‘arb joriy qilgan sanktsiyalardan qattiq zarar ko‘rmoqda.

Rublning qadrsizlanishi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyadan o‘z yurtlariga yuborayotgan pulning keskin kamayishiga sabab bo‘layapti.

Mutaxassislar Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishi 2009 yilgi iqtisodiy inqirozdan buyon birinchi marotaba kuzatilayotganini ta‘kidlamoqda

Joriy hafta boshidagi ikki “qora” kun – “qora dushanba” va “qora seshanba”dan so‘ng Moskvadagi pul almashtirish shaxobchalarining ko‘pchiligida dollar va yevroni sotish to‘xtatildi.

Valyuta sotish yirik banklar filiallarida ham, kichik banklarda ham to‘xtagan.

Bu asnoda Rossiyada istiqomat qiladigan o‘zbek muxojirlaridan biri “rubl nima buladi, boshqa narsa haqida o‘ylay olmay qoldim”, deya Ozodlikka murojaat qildi.

Bu savolga jurnalist Sirojiddin Islom javob berdi.

Shuningdek, suhbatdosh erkin sayyohat qiladigan o‘zbekistonliklarning huquqlari yanada cheklanganiga oid vaziyatni ham izohladi.

Chiqish vizasi bo‘lmagan holda yoki muddati o‘tgan stiker bilan xorijga sayohat qilganlik uchun belgilangan ma‘muriy javobgarlik jinoiy jazoga o‘zgartirildi. Masalan, endilikda stikersiz Rossiyadan Turkiyaga sayohat qilgan o‘zbekistonlik vatanga qaytgach, 3 yildan 5 yilgacha qamalashi mumkin.

Sirojiddin Islomning aytishiga ko‘ra, Turkiya orqali Suriya janggohlariga ketayotgan o‘zbekistonliklarning ko‘paygani rasmiy Toshkentni havotirga solgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:30 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG