Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:06

Uznews.net axborot xizmati o‘z faoliyatini to‘xtatdi


O‘zbekistondagi voqealarni yoritib boruvchi Uznews.net mustaqil nashri o‘tgan oygi kiber hujum ortidan faoliyatini butkul to‘xtatganini ma‘lum qildi.

“Barcha o‘quvchilarimizga biz bilan birga bo‘lganlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Bizni sobitlik bilan kutgan muhlislarimizga alohida rahmat. Bundan behad mutaassirmiz. Uznews.net tahririyati (2005 yil yanvar - 2014 yil dekabr)”, deyiladi 19 dekabr kuni mustaqil nashr sahifasida e‘lon qilingan bayonotda.

O‘tgan oy boshlarida nashr tahririyati kiber hujum uyushtirilishi ortidan faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgani va kelasi yil 5 yanvaridan faoliyatini qayta boshlashini bildirgan edi.

Uznews.net muharriri Galima Buxorboyeva o‘shanda nashrga hujum uyushtirilgani va buning oqibatida muxbirlar hayotiga bevosita tahdid yuzaga kelgani bois, nashrni ëpishga majbur qolishi mumkinligini aytgandi.

Uznews.net axborot xizmati muharriri Qudrat Bobojonov Ozodlikka 19 dekabr kuni mustaqil nashr faoliyatini butkul to‘xtatish haqida qaror olganliklarini tasdiqladi.

- Faoliyatimizni butkul to‘xtatyapmiz. Bu asosan o‘tgan oygi kiber hujumlar bilan bog‘liq. Jurnalistlarimiz xavfsizligini o‘ylab shunday qarorga keldik. To‘qqiz yillik faoliyatimiz shu bilan tugadi,- dedi Qudrat Bobojonov.

10 noyabr kuni nashrning kiber hujum vositasida qo‘lga kiritilgani da‘vo qilingan moliyaviy hisobotlari, grant beruvchilari va muharrir yozishmalari Internetga sizdirilgandi.

Uznews.net nashri axborot xizmati o‘laroq O‘zbekistondan xabarlar yetkazishga ixtisoslashgan oz sonli mustaqil media-tashkilotdir.

Sayt O‘zbekiston ichidagi va uning atrofidagi voqealar haqida axborotlarni tarqatish, demokratiya g‘oyalarini tadbiq etish va mustahkamlash bilan shug‘ullanib kelgan.

Uznews.net nashri 2005 yilda ikki o‘zbek jurnalisi Galima Buxorboyeva hamda Qudrat Bobojonovlar tarafidan Toshkentda tashkil qilingan.

Nashr 2005 yil oxirida ham kiber zarba oqibatida izdan chiqarilgan. Siësiy qochqin sifatida mamlakatni tark qilgan ikki jurnalist 2006 yilda nashrni chet elda qayta tikladi. Galima Buxorboyevaning aytishicha, Uznews.net nashrini kuniga 20 ming yangi mushtariy o‘qigan.

XS
SM
MD
LG