Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:56

Navalniy himoyasiga Moskva markazida mitingga chiqmoqchilar safi kengaymoqda​


Aleksey Navalniy
Aleksey Navalniy

Rossiyada qariyb 30 ming kishi Feysbukda ochilgan yangi sahifadan prezident Putin va uning boshqaruvidagi hukumatning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun yanvar oyida Kreml yonida mitingga qatnashish rejasini bildirish uchun foydalanmoqda.

Feysbukdagi yangi sahifa Aleksey Navalniy tarafdorlarining shu ijtimoiy tarmoqdagi mavjud sahifasi to‘sib qo‘yilganidan so‘ng ochildi.

Navalniy tarafdorlari o‘zlarining mitingini 15 yanvar kuni o‘tkazmoqchi: shu kunga firibgarlikda ayblanayotgan Aleksey Navalniy va uning inisi ustidan sud hukmi chiqarilishi e‘lon qilingan.

Navalniy o‘zi va ukasiga nisbatan ilgari surilayotgan ayblov ortida siyosiy motivlar mavjudligini aytgan.

Rossiya ommaviy axborot vositalarini nazorat qiluvchi organ - Roskomnadzor 20 dekabr kuni Feysbukdagi Navalniy tarafdorlari sahifasini yopishga buyruq berar ekan, buyruqni Bosh prokuratura so‘roviga javoban berganini aytgan edi.

Prokuraturaga ko‘ra, 15 yanvarga rejalashtirilgan aksiya tashkilotchilarining tadbirni o‘tkazishga rasmiy ruxsati yo‘q.

Rossiyalik Internetdan foydalanuvchilar sahifaga kirolmaganidan arz qila boshladi va Feysbuk Rossiya hukumati muxoliflari tanqidiga uchradi. Tanqidchilar safiga AQShning 2014 yil fevraligacha Moskvadagi elchisi Maykl MakFol ham qo‘shildi.

“Biz Rospotrebnadzorning oddiy so‘roviga Feysbuk, hatto aktsiya uyushtiruvchilari bilan bog‘lanmay turib,bu qadar tez javob berganidan xayron bo‘ldik va xafsalamiz pir bo‘ldi”

Aleksey Navalniy nomidan matbuot bilan aloqa qilib turgan Kira Yarmushning bu so‘zlarini New York Times keltirdi.

Kira Yarmushning fikricha, Rospotrebnadzor talabi ortida siyosiy motivlar mavjud va maqsad rejalashtirilayotgan aktsiyaning oldini olishdir.

23 dekabr kuni Feysbukdagi yangi sahifaga kirgan kamida 29 000 kishi sahifada ko‘rsatilgan vaqt va joyda o‘tajak aktsiyada ishtirok etajagini bildirdi. 4500 kishi esa, balki qatnasharman, degan yozuv qoldirdi.

Feysbukdagi ikki - yopilgan va yangi sahifalarning ma‘muri Leonid Volkovning Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga aytishicha, yangi sahifaga hozircha to‘siq qo‘yilgani yo‘q.

Feysbuk radioning voqea yuzasidan savoliga javob berishni istamadi. Biroq Feysbukning o‘zini tanishtirmagan vakili sahifaning dastlabki nusxasiga o‘xshash sahifa Rossiyada ochilayotganini aytdi.

38 yashar Aleksey Navalniy Rossiyada korrupsiya qarshi kurashchi sifatida tanilgan, 2011 – 2012 yillarda bo‘lib o‘tgan aksilhukumat aktsiyalari uyushtiruvchilaridan biridir. U 2013 yili Moskva meri saylovida merlikka nomzod sifatida ishtirok etgan.

19 dekabr kuni Rossiya prokuraturasi Aleksey Navalniyga 10 yil qamoq jazosi berilishini so‘radi. Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Navalniy o‘zi va ukasi Olegga qo‘yilayotgan ayblovlarni Kremlning muxolifat ovozini o‘chirish harakati, deya baholamoqda. Aleksey va Oleg Navalniylar qalloblik yo‘li bilan Frantsiyaning Yves Rocher kosmetika firmasidan 27 million rubl (450 ming AQSh dollari) miqdoridagi pulni o‘zlashtirganlik va pul yuvganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura vakillari 19 dekabr kuni sudda qilgan chiqishida sudlanuvchilarning aybi isbotlangani va Aleksey Navalniyga 10 yil, ukasi Olegga esa 8 yil qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Navalniy korrupsiyaga qarshi kurashchi va 2011-2012 yillardagi aksilhukumat namoyishlar tashkilotchisi sifatida tanilgan.

U hozirda boshqa ayblov bo‘yicha besh yillik shartli qamoq jazosini o‘tamoqda va uy qamog‘iga olingan. Navalniy o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlar siyosiy motivlarga asoslanganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG