Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:12

Qozog‘istonda Ukrainadagi urush haqida yozgan jurnal yopildi ​


'Adam bol' jurnalining shu yil 28 avgust kuni chiqqan soni muqovasi.
'Adam bol' jurnalining shu yil 28 avgust kuni chiqqan soni muqovasi.

Olmaota shahrining Medeu tuman sudida 24 dekabr kuni “Adam bol” jurnali ishi bo‘yicha mahkama jarayoni yakuniga yetdi. Sud jurnalni yopish haqida qaror chiqardi.

Amaldagi rasmiylarga muxolif kayfiyatda bo‘lgan “Adam bol” jurnali ustidan sudga arznomani Olmaota shahar hokimiyatining Ichki siyosat boshqarmasi noyabr oyida bergan. Hokimiyat mulozimlari jurnalda shu yil 29 avgustida chop qilingan “Yot urushdagi biznikilar” sarlavhali maqolada urushga tashviq alomatlari borligini aytib, sudga shikoyat qilganlar. Mazkur material Kiyevda yashovchi qozog‘istonlik siyosiy muhojir, “Maydan” millatlararo ligasi hamraisi o‘laroq tanishtirilgan Aydos Sadiqov bilan intervьyudan iborat edi.

Kecha Medeu tuman sudi Olmaota hokimiyati vakillari da‘vosini qondirib, jurnalni yopish haqida qaror chiqargan.

Ozodlik radiosi qozoq xizmatining xabar qilishicha, chorshanba kungi sudda - hali mahkama davom etayotgan paytda jurnal xodimlari prokurorga otvod berganlar. Biroq sudya Asel Abisheva ularning talabini rad qilgan. Shundan so‘ng ular sudyaga otvod berganlar va u sudni tashlab chiqib ketgan.

Shundan so‘ng Medeu tuman sudining boshqa sudyasi hamkasbi Asel Abishevaga berilgan otvodni bekor qilgan. Bu qarordan keyin sud zaliga qaytgan Asel Abisheva mahkama jarayonini davom ettirib, uni “Adam bol” jurnali ishtirokisiz yakunlagan – da‘vogarlar arizasini qondirish haqida hukm chiqargan. Bu esa jurnal yopilishini anglatadi.

Hukm o‘qilgan paytda sud zalida bo‘lmagan jurnal xodimlari endilikda mazkur hukm yuzasidan shikoyat qilishni, dastak uchun jamoatchilik va xalqaro institutlarga murojaat qilishni rejalayapti. Jurnalistlar nashrga qarshi ochilgan ishni siyosiy ta‘qib sifatida baholamoqdalar. Ammo qozog‘istonlik rasmiylar bu da‘voni rad qilmoqdalar.

25 dekabr kuni Olmaotadagi “Adil so‘z” jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti “Adam bol” jurnali ishini ko‘rib chiqqan sudya Abisheva protsessual me‘yorlarni buzgani haqida bayonot tarqatdi.

“Qozog‘iston Respublikasi fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq, tomonlar otvodga oid iltimosnoma ko‘rib chiqiladigan vaqt haqida ogohlantirilishi lozim edi. Iltimosnoma taqdirini sud raisi tomonidan tayinlangan boshqa sudya belgilaydi va agar u iltimosnomani rad qilgan taqdirda, mahkamaga raislik qiluvchi o‘z joyiga qaytib, yangi sud majlisi sanasini e‘lon qilishi lozim”, deyiladi “Adam bol” jurnalini yopish haqidagi qaror tunda javobgarlar ishtirokisiz chiqarilgan” deb nomlanmish bayonotda.

“Adam bol” jurnalini chiqarish sud tomonidan 20 noyabr kuniyoq taqiqlangandi. Sud nashrning davlat qaydini bekor qilgan, jurnalning yangi soni esa musodara qilingandi.

XS
SM
MD
LG