Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

Rossiya MH17 uchqichining Ukraina tomonidan urib tushirilganini tasdiqlovchi “guvoh”i borligini iddao qilmoqda​


MH17 uchqichi qulab tushgan joy.
MH17 uchqichi qulab tushgan joy.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Malayziyaga qarashli MH17 yo‘lovchi uchqichining Ukraina sharqida kim tomonidan¸ qanday urib tushirilganini tasdiqlovchi “samimiy” guvohi borligini iddao qilmoqda.

Ayni paytda¸ Ukraina va G‘arb rasmiylari bortidagi 298 odamning bari nobud bo‘lgan mazkur uchqichning Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar BUK raketa tizimi bilan urib tushirganini tasdiqlovchi dalillar ko‘payib borayotganini ta‘kidlab kelmoqda. Halokat yuzasidan o‘tkazilayotgan mustaqil tekshiruv mualliflari hozircha bir-biriga qarshi bu iddaolarga munosabat bildirmadi.

Chorshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiylari 17 iyul kuni Ukraina sharqida halokatga uchragan Malayziya uchqichining Ukraina uchqichidan turib otilgan raketa urib tushirganiga oid guvohlik ko‘rsatmasi borligini e‘lon qildi.

Bu bayonotdan ikki kun avval Komsomolskayaa pravda nashri o‘z ofisiga ko‘ngilli tarzda Malayziya uchqichining kim tomonidan qanday urib tushirilganini hikoya qilishga qaror qilgan Ukraina fuqarosi kirib kelganini iddao qildi va sirli bu shaxs bilan suhbatni chop etdi.

Shaxsi oshkor etilmayotgan bu guvoh¸ nashr iddaosicha¸ Ukrainaning Dnepropetrovsk shahridagi Aviatorskoye posyolkasidagi aeroportda ishlagan va oilasi Ukrainada qolgani bois¸ guvohlik ko‘rsatmasini ochiq bera olmasligini bildirgan.

Bu aeroportda qiruvchi uchqichlar va vertolyotlar joylashgani¸ shu yerdan havoga ko‘tarilgan Su-25 qiruvchilari Donetsk va Lugansk shaharlarini bombalaganini iddoa qilgan sirli guvoh gazetaning uch muxbiri bilan suhbatda¸ Malayziya uchqichi halokatga uchragan 17 iyul kuni o‘zining ishda bo‘lganini ta‘kidlaydi.

O‘sha kuni uchta qiruvchi havoga ko‘tarildi¸ ulardan ikkitasi qaytib kelmadi¸ uchinchi Su-25 esa bortidagi havo-havo rusumidagi raketasiz qaytib keldi¸ deya iddao qiladi Rossiyaning Komsomolskaya pravda gazetasiga orqa tomoni va ovozi o‘zgartirilgan holda videointervyu bergan “samimiy guvoh”.

17 iyul kungi parvozdan so‘ng aeroportga qaytib kelgan uchqichni 30 yoshlar atrofidagi kapitan Vladislav Voloshin boshqarganini iddao qilgan sirli guvoh¸ o‘zi bilan havoga ko‘tarilgan ikki uchqichning ayirmachilar tomonidan urib tushirilganidan qo‘rqib ketgan kapitan¸ adashib Malayziya yo‘lovchi uchqichini nishonga olgan bo‘lishi mumkin¸ degan taxminni aytadi.

Na shaxsi¸ na professional darajasi jamoatchilikka e‘lon qilinmayotgan bu sirli guvohning sirli hikoyasi¸ Rossiya Tergov qo‘mitasi va davlat xizmatidagi ommaviy axborot vositalari tomonidan endilikda Malayziya uchqichining urib tushirilishiga Ukraina harbiylarining aloqadorligini tasdiqlovchi dalil sifatida taqdim etilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi “ishonchli guvoh” sifatida tilga olgan sirli shaxs iddaolariga munosabat bildirish so‘ralgan Kiyev rasmiylari¸ uni Rossiya uyushtirayotgan navbatdagi uydirma deb atadi va bu bayonot Rossiya harbiy havo kuchlari fojiadan ko‘p o‘tmay qilgan bayonotlarga zidligini ta‘kidladi.

Ukraina va G‘arb mutaxasislari 17 iyul fojiasidan ko‘p o‘tmay 10 ming metrdan balandroqda uchib ketayotgan Malayziya uchqichining Ukraina sharqini nazorat qilayotgan rossiyaparast ayirmachilar tomonidan aynan Rossiya bergan Buk yer-havo rusumidagi raketa tomonidan urib tushirilganlik ehtimoli kuchli ekani haqida gapirdilar.

Rossiya rasmiylari esa¸ hozirga qadar Ukraina qiruvchi uchqichi Malayziyaga qarashli Boing 777 uchqichini urib tushirdi¸ degan iddaosini quvvatlash uchun bir-biriga teskari bayonotlar qilmoqda¸ bu iddaoni qo‘llash uchun turli sirli guvohlar iqrorini tarqatmoqda.

Malayziya uchqichi bortidagi aksar yo‘lovchilar gollandiyaliklar bo‘lgani bois¸ uchqich halokati yuzasidan mustaqil ekspertlar tadqiqotini o‘rganish mas‘uliyatini Amsterdam hukumati o‘z zimmasiga oldi. Halokat yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasida mustaqil mutaxassislar uchqich tashqi ob‘ekt vositasida urib tushirilgan¸ degan xulosaga keldilar¸ ammo qayerdan¸ aynan qanday vosita orqali urib tushirilganiga oid tafsilotlarga oydinlik kiritmadilar.

Rossiya Tergov qo‘mitasining yangi guvohi Kiyev va Moskva vakillari Minksda Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar namoyandalari bilan YeXHT vositachiligida navbatdagi muzokaralarga kelgan kuni e‘lon qilindi.

yopiq eshiklar ortida besh soatdan ko‘proq davom etgan bu muzokaralarda tomonlar biror murosaviy to‘xtamga kela olmadilar va muzokaralar keyingi davrasining qachon davom etishini ham e‘lon qilmadilar.

Muzokaralarning 26 dekabr kuni davom etishi va tomonlarning yakuniy tinchlik kelishuviga qo‘l qo‘yishlari kutilayotgan edi.

Ammo rossiyaparast ayirmachilar muzokaralarni davom ettirish haqida va‘da bera olmasliklarini bildirgan.

XS
SM
MD
LG