Линклар

Parijdagi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Ozod Yevropa va Ozodlik radiosining Boku byurosiga juma kuni qilingan reydlarni mamlakatda erkin matbuot va plyuralizmni yo‘q qilishga urunish deya, qoraladi.

Tashkilotning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yohan Bihr prezident Ilhom Aliyev hukumati mamlakatda qolgan mustaqil ommaviy axborot vositalarini birma bir yo‘q qilmoqda, deya bayonot berdi.

- Ozarbayjonda davom etayotgan qatag‘onlar ko‘lamini tasvirlashga so‘z ojizlik qiladi. Ilhom Aliyev hukumati u yerda qolgan mustaqil ommaviy axborot vositalarini metodikali tarzda birma bir yo‘q qilishga kirishgan, - deb ta‘kidladi Yohan Bihr.

Juma kuni Ozodlik radiosining Boku byurosida Ozarbayjon Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tintuv o‘tkazgan va byuroning bir qancha xodimini so‘roq qilgan edi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari o‘tkazgan reydlar payti byuroning bir qancha xodimini so‘roq qilingan.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari o‘tkazgan reydlar payti byuroning bir qancha xodimini so‘roq qilingan.

Huquq tizimlarining yigirmadan ortiq vakili reyd davomida Ozodlik byurosining ishga taalluqli hujjatlari saqlangan seyf¸ shuningdek kompyuter va rasmiy muhrni musodara qildi.

Prokuratura xodimlari bu harakatning Ozod Yevropa/Ozodlik radiolari Ozarbayjon xizmati ustidan xorijdan moliyalanayotgan yuridik shaxs sifatida borayotgan tergov bilan bog‘liq ekani va bu reyd mahkama buyrug‘i asosida o‘tkazilayotganini bildirdi.

Bundan avval AQSh Davlat departamentining rasmiysi ham Ozodlik radiosi Ozarbayjon xizmatining Bokudagi byurosidagi reydlar yuzasidan xavotir bildigan edi.

Ismi sir qolishini istagan amerikalik mulozim Boku hukumatini matbuot erkinligi doirasida olgan xalqaro majburiyatlari asosida tergovni shaffof o‘tkazishga chaqirdi.

Juma kungi reydlarga qaramay Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Ozarbayjon hizmati radio va teleefirlari davom etmoqda.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Ozarbayjon hizmati rahbari Kenan Aliyevga ko‘ra, byuroning o‘nlab xodimlari, shu jumladan to‘liq kontrakt asosida ishlovchi xodimlari shanba kuni prokuraturaga so‘roqqa chaqirtirilganlar.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotiga ko‘ra, hozirda kamida 15 nafar jurnalist, jumladan, Ozodlik bilan hamkorlik qilib kelgan taniqli ozarbayjonlik jurnalist Hadicha Ismoilova qamoqda qolmoqda.

26 dekabr kuni Boku sudi Ismoilovaga belgilangan ikki oylik qamoq jazosini uy qamog‘iga o‘zgartirish haqida jurnalist advokatlarining so‘rovini rad etdi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining 2014 yil bo‘yicha matbuot erkinligi indeksida Ozarbayjon 180 mamlakat orasida 160-o‘rinda turibdi.

XS
SM
MD
LG