Линклар

logo-print

Toshkentning markaziy ko‘chalaridagi chorrahalarga videokameralarni o‘rnatish jarayoni boshlandi.

Jami 160 ta chorrahaga ko‘chalardagi qatnovni nazorat qilish maqsadida videokamera o‘rnatilishi xabar qilingan.

Poytaxt ko‘chalarida videokameralar paydo bo‘lishi haqidagi xabar 2012 yilda paydo bo‘lgan. Ozodlikka noma‘lum sabablarga ko‘ra, bu jarayon ikki yilga kechikib boshlanayapti.

Mazkur loyihaga davlat byudjetidan 20 million dollar mablag‘ ajratilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 milliondan ziyod avtomashina ro‘yxatga olingan¸ bu mashinalarning 40 foizi esa birgina Toshkent shahrida qayddan o‘tgan.

2010 yili Rossiya Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Moskvadagi ko‘chalarga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan edi. Keyin ma‘lum bo‘lishicha aksar kameralar soxta bo‘lib¸ bosh ekranga oldindan ëzib olingan tasvirlarni uzatib turgan.

Bunday korruptsion sxema byudjetdan ajratilgan pullarning aksariyatini o‘zlashtirishda qo‘l kelishi aytiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG