Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:53

Ukrainada Stepan Bandera xotirasiga namoyish o‘tkazildi


Kiyevda o‘tkazilgan namoyish.
Kiyevda o‘tkazilgan namoyish.

Kiyev va Lvovda 1 yanvar kuni minglab ukrainaliklar Stepan Bandera tavalludining 106 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotira namoyishida ishtirok etdi.

Ayrim namoyishchilar millatchilarning qizil-qora tusli bayroqlarini ko‘tarib olib: “Ukraina ukrainaliklar uchun”, “Bandera qaytadi va tartib o‘rnatadi”, kabi shiorlarni hayqirgan.

1909 yilning 1 yanvarida tug‘ilgan Stepan Bandera Rossiya tarixida fashistlar bilan hamkorlik qilgan shaxs sifatida ko‘riladi. Banderaning “Ukrainaga shon-sharaflar, qahramonlarga sharaflar” shiori ayni paytda rossiyaparast isyonchilarga qarshi kurashda qo‘llanilayotgani aytiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga moyil bo‘lgan ukrain prezidenti Viktor Yanukovichning hokimiyatdan quvilgani ortidan, bu ishni “Gitlerning hamkori bo‘lgan Bandera ishining mafkuraviy davomchilari amalga oshirgani” haqida bayonot bergan edi.

Biroq Bandera armiyasi tashkil etilgan dastlabki davrda sovet partizanlari va polьyak qarshilik harakatiga, 1943 yildan Ukrainani bosib olgan fashistlar Germaniyasiga, keyinroq 1950 yilgacha sovet tuzimiga qarshi kurashgan.

XS
SM
MD
LG