Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:39

O‘zbekistonda metan gazi 400 so‘mga, benzin 25 so‘mga qimmatladi​


O‘zbekistonda 1 yanvardan boshlab benzin narxi 25 so‘mga, metan gazi narxi esa 400 so‘mga qimmatlagani xabar qilindi. Bunga prezident qarori bilan avtomobil yonilg‘isidan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq miqdorihamdametan gazi uchun sarmoya ustamasi oshirilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekistonda yonilg‘i narxlarining ko‘tarilganidan norozilik bildirilgan maktublar Yangi yilning birinchi kunlaridanoq Ozodlikka WhatsApp tarmog‘i orqali yetib kelmoqda. Jumladan, namanganlik mushtariy o‘z maktubida metan gazi qimmatlagani oqibatida shahardagi yo‘nalish taksilari narxi 500 so‘mga ko‘tarilganini iddao qilgan:

“Namanganda 1 yanvardan metan gazi narxi kubasi 300 so‘mdan oshganiga damaschilar yo‘lkirani sun‘iy ravishda 500 so‘mdan oshirishdi. 1000 so‘mga boriladigan joyga endilikda 1500 so‘mga borish kerak bo‘layapti. Bu damaschilarni nazorat qiladiganlar bormi o‘zi? Men har kuni ishxonaga borish uchun 3000 yo‘l kira qilar edim. Endilikda 5000 so‘m yo‘l kira qilishga to‘g‘ri keladi”, deb yozadi namanganlik mushtariy.

Bu masalani o‘rganish jarayonida Ozodlik muxbiri suhbatlashgan namanganliklar metan gazi qimmatlaganini e‘tirof etgan holda, yo‘l kira narxi ko‘tarilganini kuzatmaganliklarini bildirdilar:

-Metan gazining narxi oshgani to‘g‘risidagi ma‘lumot to‘g‘ri. Narx 20 foizga oshibdi. Yangi yilgacha bitta mashinani 20 ming so‘mga zapravka qilgan bo‘lsa, hozir 25 600 so‘mga zapravka qilinayapti. Shahar ichidagi yo‘nalishlarda qatnayotgan marshrutkalarning yo‘l kirani oshirgani to‘g‘risidagi gaplar noto‘g‘ri. Narxlar oshmagan, -dedi namanganlik suhbatdoshimiz Alijon.

Ozodlik muxbiri suhbatlashgan boshqa bir qator namanganliklar ham hozircha yo‘l haqi oshganini kuzatmaganliklarini aytdilar.

Rossiyaning “Novosti” axborot agentligi tarqatgan xabarda aytilishicha, 1 yanvardan O‘zbekistondagiavtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalariga sotiladigan bir kubometr metan gazi uchun belgilangan sarmoya ustamasi 400 so‘mga ko‘tarilgan. Yangi yilgacha sarmoya ustamasi, deb ataladigan bu to‘lov miqdori 200 so‘mni tashkil qilar edi.

“Mazkur to‘lov miqdorining oshirilishi ortidan avtomobillarga quyiladigan metan gazi narxi 1,5 marta ko‘tarilib, 1 300 so‘mni tashkil qildi”, deyiladi “Novosti” agentligi xabarida.

O‘zbekiston matbuoti rasmiylarga tayangan holda mamlakatda ro‘yxatga olingan avtomobillarning 15 foizi, ya‘ni 3 million avtomashinametan gazida ishlashi haqida xabar bergan edi.

Avvalroq O‘zbekiston matbuoti ham 1 yanvardanO‘zbekistonda 1 litr benzin narxi 25 so‘mga qimmatlashi haqida xabar tarqatgan edi.

Bunga prezident qarori bilan avtomobil yonilg‘isidan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq miqdori 265 so‘m o‘rniga 290 so‘mga qilib belgilangani sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG