Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:36

Turkmanistonda yangi yildan benzin qimmatladi


Turkmanistonda yangi yildan boshlab benzin narxi 60 foizga oshdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar qiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2015 yilgacha AI 95 benzinining bir litri 62 turkman tangasidan (22 sent) sotilardi, 1 yanvardan esa 1 manatdan (35 sent) sotilmoqda. Shu kunda Turkmanistonda 1 AQSh dollarining qiymati 2,84 manatga teng.

Avvallari Turkmanistonda avtomashina egalari davlatdan oyiga 120 litr tekin benzin olardi. 2014 yil iyul oyidan prezident Qurbonquli Berdimuhammedov qarori bilan avtomashina egalariga benzinni tekinga berish to‘xtatilgan.

Turkmanistonda benzin 60 foizga oshganiga qaramay, uning narxi sobiq sovet o‘lkalari orasida hamon eng arzonligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG