Линклар

Tagesspiegel: Berlin Termiz bazasiga doir Toshkent bilan imzolangan kelishuvni sir saqlamoqda


2002 yildan beri Germaniya Termiz bazasi ijarasi uchun O‘zbekistonga 120 million yevrodan ortiq haq to‘lagan.

2002 yildan beri Germaniya Termiz bazasi ijarasi uchun O‘zbekistonga 120 million yevrodan ortiq haq to‘lagan.

Germaniya O‘zbekiston bilan Termizdagi harbiy bazani ishlatish bo‘yicha yangi maxfiy kelishuvni imzolagani aytilmoqda.

Germaniyadagi nufuzli Tagesspiegel gazetasining yozishicha, NATOning Afg‘onistonda boshlanayotgan yangi missiyasi doirasida ishtirok etadigan nemis harbiylari Termiz bazasidan foydalanadi. Nemis matubotida berilgan maqola tarjimasini CA-News agentligi keltirmoqda.

Tagesspiegel gazetasiga ko‘ra, bunga oid kelishuv o‘tgan yilning 1 sentabr kuni Toshkentda imzolangan.

Lekin, deya yozadi nashr, “nemis jamoatchiligi mazkur kelishuv borasida hamon hech narsa bilmaydi: nemis hukumati bundan to‘rt yil avval imzolangan kelishuv tafsilotlarini ham, o‘tgan sentyabrь oyida unga doir o‘zgartishlar to‘g‘risida ham sir saqlamoqda”.

“Aftidan, GFR hukumati dunyodagi eng mustabil diktaturalardan biri bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni isbotlovchi kelishuvni sir saqlashdan manfaatdor”, deya taxmin qiladi Tagesspiegel.

Germaniyadagi huquq faollari va muxolifat siyosatchilari nemis hukumatining O‘zbekiston rejimiga Termiz bazasi uchun katta miqdorda pul to‘layotganini tanqid qilib keladi.

Maqolada yozlishicha, 2002 yildan beri Germaniya Termiz bazasi ijarasi uchun O‘zbekistonga 120 million yevrodan ortiq haq to‘lagan.

NATOning Afg‘onistondagi Xalqaro xavfsizlikni ta‘minlash kuchlari missiyasi 2014 yilning oxirida tugadi. Uning o‘rniga 2015 yildan boshlangan “Qat‘iy yordam” nomli missiya doirasida NATO davlatlaridan 12,5 ming harbiy, jumladan 850 nafar nemis qo‘shini ishtirok etadi.

Termizdagi havo bazasi 2002 yilda Germaniya harbiylari ixtiyoriga berilgan.

XS
SM
MD
LG