Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:09

Yangi yil bayramida shirinlikdan tiqilgan 9 yaponiyalik vafot etdi


Yapon matbuoti Yangi yil bayrami arafasi va undan keyingi kunlarda kamida 9 yaponiyalik bayramni nishonlash paytida tomog‘iga guruchli keks tiqilib, vafot etganini qilmoqda.

Shu bois, Yaponiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga shirinlikni mayda bo‘laklarga bo‘lib, shoshmasdan, yaxshi chaynab yeyishni tavsiya qilishga majbur qoldi.

“Yomiuri Shimbun” gazetasining yozishicha, Yangi yil boshidan beri kamida 128 kishi tomog‘iga “mochi” keksi tiqilib qolgani tufayli kasalxonaga yetkazilgan.

“Mochi” deb nomlanuvchi yopishqoq shirinlik yaponlarning Yangi yil dasturxoniga qo‘yiladigan an‘anaviy taomidir. Cho‘ziluvchan guruch xamiridan tayyorlanadigan ushbu shirinlikning tomoqqa tiqilish hollari Yaponiyada ko‘p uchraydi.

Har bir yaponiyalik yil davomida, asosan yanvarь oyi boshida, kamida bir kilo “mochi” iste‘mol qilishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG