Линклар

logo-print

O‘zbekiston Prezidenti muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi.

Islom Karimov tarafidan 2014 yilning 26 dekabrida imzolangan hujjat matni O‘zA axborot agentligi tarafidan 2015 yil 5 yanvar kuni e‘lon qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi joriy yilning fevral-martida amalga oshiriladi.

Belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar esa, yangi yilning mart-aprel oylarida rezervga bo‘shatiladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

O‘zbekistonda faqat erkak fuqarolar harbiy xizmatga chaqiriladi. Yigitlar o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashlari shart.

XS
SM
MD
LG