Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:25

“Charlie Hebdo” jurnaliga hujum qilganlikda gumonlanganlardan biri politsiyaga taslim bo‘ldi


Jurnalga hujum qilganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli Sharif Kuachi (o‘ngda) va 32 yoshli Said Kuachi.
Jurnalga hujum qilganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli Sharif Kuachi (o‘ngda) va 32 yoshli Said Kuachi.

Parijdagi “Charlie Hebdo” satirik jurnali idorasiga hujum qilganlikda gumonlanib qidirilayotgan 18 yoshli Hamid Murod politsiyaga taslim bo‘ldi. Frantsiya politsiyasi hujumda gumonlangan aka-uka Sharif va Said Kuachilarni qidirishda davom etmoqda.

Hamid Murod politsiyaga taslim bo‘lgani haqida 8 yanvarь kuni ertalab France-Presse axborot agentligi xabar tarqatdi. U qay tarzda va qayerda, qanday holatda taslim bo‘lgani haqida hozircha ma‘lumot yo‘q.

Fransiya politsiyasi avvalroq Muhammad payg‘ambarga karikatura e‘lon qilgan jurnalga 7 yanvar kuni hujum qilgan uch shaxs aniqlaganini hamda hujumda qatnashgan 34 yoshli Sharif Kuachi va 32 yoshli Said Kuachi, 18 yoshli Hamid Murod qidirilayotganini ma‘lum qilgan edi. Ular kelib chiqishi Shimoliy Afrikadan yoki Yaqin Sharqdan bo‘lgan fransuz fuqarolari ekani aytilmoqda.

Ayni paytda Fransiya va Yevropaning boshqa shaharlarida o‘n minglab odamlar jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llariga qalam ushlab namoyishlar o‘tkizmoqda.

Parijda Muhammad Payg‘ambar karikaturalari bilan tanilgan Charlie Hebdo satirik jurnali idorasiga qilingan hujumda 12 kishi halok bo‘ldi.

Qurolli hujumni yuziga niqob tortgan noma‘lum shaxslar uyushtirgan.

Frantsiya politsiyasiga ko‘ra, hujum oqibatida, shuningdek, o‘n odam jarohat olgan.

Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Voqea joyiga Fransiya prezidenti yetib keldi. Fransua Olland favqulodda majlis o‘tkazishini bildirdi.

- Parijda ozodlik timsoli bo‘lgan nashrga qarshi o‘ta ketgan vaxshiylik sodir etildi, - dedi Fransiya prezidenti Olland.

Fransua Olland "Fransiya Respublikasi tamoillariga qarshi hujum qilganlar"ni topish va jazoga tortish uchun barcha imkoniyatni ishga solishini va‘da qildi.​

Jurnal tahririyati musulmon yetakchilari karikaturalarini bosgani uchun 2011 yilda ham hujumga uchragan edi.

Charlie Hebdo haftaligi binosiga o‘sha paytda noma‘lum shaxslar yonilg‘i bombalari uloqtirgan edi.

Jurnal maxsus sonining muharriri Muhammad Payg‘ambar deb e‘lon qilinganidan so‘ng tahririyat hujumga uchragandi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Parijda Charlie Hebdo satirik jurnali idorasiga qilingan hujumni qoraladi.

- Parlamentimiz va mamlakatimiz frantsiyaliklar bilan birga, terrorizmning ham qanday ko‘rinishlariga qarshimiz. Biz so‘z erkinligi va demokratiya g‘oyalarini himoya qilamiz va bizdan bu qadriyatlarni hech kim tortib ololmaydi, - dedi Devid Kemeron.

AQSh hukumati ham Parijdagi hujumlarni keskin qoraladi. Oq uy matbuot vakili Josh Ernest "Qo‘shma Shtatlar Parijdagi hujum qurbonlarining oilalariga hamdardlik bildiradi", deb aytdi.

Germaniya Kansleri Angela Merkel Parijda nafaqat frantsuz fuqarolariga, balki so‘z erkinligiga hujum qilinganini ta‘kidladi.

XS
SM
MD
LG