Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:57

Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatida 5-pog‘onani egalladi


Ravshan Ermatov (markazda) qanot hakamlari qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov (chapda) va o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov bilan. Braziliya, 2014.
Ravshan Ermatov (markazda) qanot hakamlari qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov (chapda) va o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov bilan. Braziliya, 2014.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan tuzilgan yilning eng yaxshi hakamlari reytingida 5-o‘rinni egalladi.

10 nafar hakam joy olgan ushbu reytingda bu safar Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalini boshqargan 43 yoshli italiyalik referi Nikola Ritsolli dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

IFFHSning o‘tgan yilgi ro‘xatida Ermatov 8-pog‘onani egallagan edi.

Eslatamiz, 36 yoshli Ermatov Braziliya mundialida to‘rtta o‘yinga hakamlik qilib, Jahon chempionatlarida boshqarilgan o‘yinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan.

O‘zbekistonlik hakam 2010 yili Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon birinchiligida jami 5ta o‘yinni, jumladan, ochilish uchrashuvini boshqargan edi.

Ravshan Ermatov besh marta - 2008, 2009, 2010, 2011 va 2014 yillari Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.​

Ayni damda o‘zbekistonlik hakam yanvar oyida Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2015 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

XS
SM
MD
LG