Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:57

Fransiyaning eng mashhur karikaturachilari ifoda erkinligi uchun qurbon bo‘ldi


Qirolicha Mariya Antuanetta davridan beri turli nomlar ostida o‘z karikaturalari bilan shuhrat qozongan Charlie Hebdo satirik jurnalining 7 yanvar kuni o‘ldirilgan rassomlari o‘z asarlari bilan bir emas¸ bir necha avlod frantsiyaliklarning ifoda erkinligi¸ erkin jamiyat haqidagi qarashlarini shakllantirgan shaxslardir.

O‘zini Muhammad payg‘ambar uchun o‘ch olganlar deb taqdim etgan terrorchilarning chorshanba kuni Charlie Hebdo jurnali ofisiga bostirib kirib¸ sovuqqonlik bilan jurnal bosh muharriri va rassomlarini otib o‘ldirishi G‘arb tsivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan Fransiyani qattiq shokka soldi.

Payshanba kuni Fransiyaliklarning milliy motam kunida hayotiga bo‘lgan tinimsiz tahdidlarga qaramay¸ so‘z va ifoda erkinligi haqidagi o‘z ishonchidan chekinmagani uchun o‘ldirilgan jurnalistlarga ehtirom bajo keltirdi.

Ular orasida Charlie Hebdoni boshqa satirik nashrlardan ajratib turuvchi karikaturalarining to‘rt rassomi ham bor.

Kabu.
Kabu.

Ulardan biri 76 yashar Jan Kabu¸ yoki shunchaki Kabudir. Kabu karikaturalari nafaqat Charlie Hebdo¸ balki Le Monde, Le Figaro va Le Canard Enchaine kabi mashhur nashrlarida ham bosib kelingan.

U Charlie Hebdo jurnali 60-yillarda Hara-Kiri nomi bilan bosilgan paytlardayoq nashr bilan ishlab kelgan. Aynan shu yerda Volinskiy¸ Gebe va Reyzer kabi boshqa mashhur rassomlar bilan tanishgan.

Uning eng mashhur karikaturalaridan biri isyonchi o‘smir Grand Duduche Fransus irqchi¸ shovinistlari majozi bo‘lganBeauf haqidagi turkumdir.

70-80-yillarda Kabu Recre A2 bolalar teledasturida bolalarga jonli efirda karikatura chizishni o‘rgatgani bilan Fransiyaliklar hayotiga kirib kelgan.

Umrining oxiriga qadar eski uslubdagi mo‘yqalam bilan chizishdan qolmagan Kabu 2010 yilda olamdan o‘tgan qo‘shiqchi Mano Soloning otasi edi.

Islom nomi bilan terrorchilik qilganlar o‘qidan o‘lganlardan yana biri 80 yashar karikaturachi rassom Jorj Volinskiydir.

Volinskiy
Volinskiy

Otasi polьyak¸ onasi italьyan¸ o‘zi Tunisda tug‘ilgan Volinskiy¸ Fransuz karikatura maktabining yana bir yetakchi arbobi edi.

Volinskiy 2005 yilda Fransiyaning eng oliy mukofoti - Legion d'Honneur bilan taqdirlangan edi.

-Kabu va men fitnachilar emasmiz¸ biz boshimizga balo qidirib yurganimiz yo‘q. Biz faqat odamlarni kuldirishi mumkin qiziq rasmlar chizishni xohlaymiz. Ba‘zida bu borada biroz haddan ham oshamiz¸ lekin odamlarga bu yoqadi¸ degan edi Volinskiy.

Chorshanba kuni o‘ldirilganlardan yana biri 47 yashar Stefan Sharbonniyerdir. Charlie Hebdo jurnaliga 2009 yilda bosh muharrir bo‘lishidan avval u ayni nashrda 15 yil karikaturachi rassom bo‘lib ishlagan.

Stefan Sharbonniyer.
Stefan Sharbonniyer.

Mauris nomli anarxist kuchuk va Patapon laqabli fashist mushugi Sharbonniyerning davomli karikatura turkumlari bosh qahramoni edi.

2011 yilda Charlie Hebdo Muhammad payg‘ambar nomi bilan chop etilgan karikaturalari bilan radikal musulmonlar qahriga uchrab¸ bosh muharrir va rassomlar o‘lim tahdidi ostida qolganidan beri Sharbonniyer politsiya himoyasi ostida yashayotgan edi.

Payg‘ambar karikaturalari chop etilganidan so‘ng Charlie Hebdo bomba hujumiga uchrab¸ Internet sayti hakerlarga nishon bo‘lgan edi.

Bernard Verak
Bernard Verak

Sharbonniyerning satirik jurnalda chop etilgan so‘nggi karikaturasida“Fransiyada haliyam terror hujumi bo‘lmadi. Kutib turing. Niyatimizni amalga oshirish uchun hali yanvarь oxirigacha vaqtimiz bor”¸ deyayotgan islomiy terrorchi surati aks etgan.

O‘ldirilgan yana bir karikaturachi rassom Tignus nomi bilan tanilgan 47 yashar Bernard Verak¸ 80-yillardan so‘ng o‘z sodda ammo chaqib oluvchi karikaturalari bilan tanilgan edi.

XS
SM
MD
LG