Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:27

Tibbiy qaydga qo‘yilmagan o‘zbekistonlik qizaloq tish og‘rig‘idan vafot etdi


Vladimir viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi Kovrov shahrida o‘zbekistonlik 5 yashar qizaloqning o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, nafaqadagi tish doktori qizaloqning og‘riyotgan tishini uy sharoitida sug‘urib olganidan bir necha soat o‘tib¸ u komaga tushgan va o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Vladimir viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi Kovrov shahrida o‘zbekistonlik 5 yashar qizaloqning o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, nafaqadagi tish doktori qizaloqning og‘riyotgan tishini uy sharoitida sug‘urib olganidan bir necha soat o‘tib¸ u komaga tushgan va o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Vladimir viloyatining Kovrov shahrida 5 yoshli o‘zbekistonlik L. ismli qizchaning o‘limi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Irina Minina Ozodlik bilan suhbatda yangi yilning birinchi kunida qizchaning tishi og‘rishni boshlagani, ota-onaning og‘riqni dori bilan to‘xtatish urinishlari samara bermaganini aytadi:

- Qizchaning tishini 3 yanvar kuni uy sharoitida olib tashlashgan. Ular kechki 17:30 larda vrachnikidan chiqib, uyga kelishgan. Toliqqan bola uxlashga yotgan, birdan esa talvasa bosgan va u koma holatiga tushgan. Ota “tez yordam”ni chaqirtirgan, bolani darhol reanimatsiyaga olib ketishgan, deydi Irina Minina.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha¸ baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani Mang‘it shahridan bo‘lgan Indirovlar oilasida sodir bo‘lgan.

31 yashar Shavkat va uning rafiqasi Shohida 2014 yilning may oida Rossiyaga mehnat qilgani kelgan va rasman qaydga turgan. Shavkat patent asosida shu yerda mardikorlik qilib, Shohida esa voyaga yetmagan bolasi bilan uy yumushlari bilan shug‘ullanib kelgan.

Er-xotin bir yil ishlab, biroz mablag‘ yig‘ib uyiga qaytish niyatida bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi vakilasi so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar nima sababdan bola tibbiyot muassasasida qaydda turmagani va nima uchun ota-onasi qizini keksa stomatologga davolagani olib borganini aniqlashga urinmoqda:

- Davolovchi ayol stomatologiyada 57 yillik stajga ega bo‘lgan! Hozircha bu pensiyadagi vrachni ularga kim tavsiya qilganini bilmaymiz. Keksa vrach bolaning tishini uy sharoitida sug‘urib tashlagan. Vrach qizchaning tishlari juda yomon ahvolda bo‘lganini ta‘kidlab, og‘riqlantiruvchi dori qo‘yib, o‘zida mavjud tibbiyot asboblari bilan yiringlab ketgan sut tishini olib tashlagan, deydi tergov xodimasi.

2015 yilning 4 yanvarida ertalab Kovrov shahar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi mutaxassislari qizaloqqa “sepsis, yetishmovchilik sindromi, miya shishi” diagnozini qo‘ygan. Vrachlar urinishlariga qaramasdan qizcha hayotdan ko‘z yumgan.

Ozodlik bilan suhbatda Irina Minina hozircha bu hodisa yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish erta ekani, qonning zaharlanishi sabablarini hozirda mutaxassislar olib borayotgan ekspertiza aniqlab berishini alohida ta‘kidladi.

“Qizaloq tibbiy yordam o‘z vaqtida yetkazilmagani yoki boshqa infektsiyalar tufayli nobud bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Tekshiruv tugamasdan birovni jinoyatda ayblashga bizning haqqimiz yo‘q”, deydi u:

- Mehmon bo‘lib kelayotgan yurtdoshlaringizga yetkazib qo‘yishingizni iltimos qilardimki, qonunan ishlayotgan muhojirlar, ya‘ni patent olgan va yashash joyi bo‘yicha qaydga turganlar, qonunlarimizga muvofiq, o‘z farzandlarini mahalliy poliklinikaga tibbiy qaydga qo‘yishlari mumkin va zarur! Axir, nega qizaloqni shifoxonaga olib borishmadi? Buni ham aniqlash zarur... Kattalar bir amallab chidashlari mumkin, ammo bola shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lishi shart! O‘tgan yili viloyatimizning Petushinskiy tumaniga kelgan o‘zbekistonlik homilador ayol bolasini shu yerda tug‘ib, Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan. Vrachlar nazoratisiz, nobop sharoitlarga o‘tgan homila tufayli bu bola ham o‘lib qoldi, dedi Irina Minina.

Vladimir shahar “Do‘stlik” o‘zbeklar jamiyati faoli To‘xtasin Daydiyev tergov surishtiruv ishlari ketayotgani, gistologik, biologik va bakteriologik ekspertiza tayinlanib, olib borilayotganini tasdiqlab berdi.

Vladimir viloyat Tergov qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarosi Indirovaning o‘limi yuzasidan ismi oshkor etilmayotgan keksa shifokor ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 1-qismi, ya‘ni ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lgan jarohat yetkazishda ayblab jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

XS
SM
MD
LG