Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:30

“Oldingiday MTSni kutgandik, UMS uni o‘rnini bosolmayapti"​


O‘zbekistonda 1 dekabrdan ishga tushgan UMS aloqa operatorining mijozlari Ozodlik bilan suhbatda "O‘zdunrobita" o‘rniga kelgan uyali telefon shirkati xizmatlaridan qoniqmayotganliklarini aytishmoqda.

O‘zbekistonlik uyali telefon foydalanuvchilari UMS shirkatining aloqa sifati avvalgi MTSnikidan yomon ekani, bundan tashqari tariflari O‘zbekiston uyali aloqa bozoridagi boshqa shirkatlarnikidan qimmatligidan nolishmoqda.

10 dekabr kuni UMS shirkatining samarqandlik mijozi Mardon aka Ozodlik bilan suhbatda shunday dedi:

- Biz oldingiday MTSni kutgan edik, hozirgisi uni o‘rnini bosolmayapti. Oldingi MTS tariflarida ichki qo‘ng‘iroqlar bepul edi, hizmat ko‘rsatishlari ham yaxshi edi. UMS tariflari qimmat, ichki qo‘ng‘iroqlar uchun ham pul oladi. Kutganimizga yarasha bo‘lmayapti, - deydi UMS aloqa operatorining samarqandik mijozi Mardon aka.

Suhbatdosh, shuningdek, UMS tarmog‘ida aloqa sifati O‘zbekistondagi boshqa operatorlarnikiga qaraganda yaxshiroq ekani, lekin sifat bobida baribir avvalgi MTSni o‘rnini bosolmayotganini aytadi.

- Kecha tanishlarim qo‘ng‘iroq qildi. Ularniki ham UMS.Ular tog‘li rayonda turadi, tog‘li rayonlarda ham sifat yaxshi-da. Oldinlari boshqa operatordan qo‘ng‘iroq qilishar edi, antenaasi bo‘lmay, xira eshitilar yoki umuman eshitib bo‘lmas edi. Lekin, UMS tariflar ancha qimmat bo‘lyapti. Oldingisi yancha yaxshi edi, sifati ham oldingisiniki yaxshi edi, - deydi Mardon aka.

Shuningdek, UMS tarmog‘ida Internet tezligi ham mijozlarni qoniqtirmayapti.

- Internet mana meni o‘zimda bor, 20 dollar to‘lab, besh ming megabaytga qo‘ygan edim, bir ikki gaplashganda tugadi, tezligi ham past. Skype orqali gaplashsangiz ovoz yo‘qolib qoladi, qotib qoladi. Avvalgi MTC yaxshi edi, - deydi UMS operatorining samarqandlik mijozi..

UMS mobil aloqa operatori mijozlariga bir qancha tarif paketlarini taklif etmoqda.

“Start” deb nomlangan tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi 0,01 AQSh dollari bo‘lib, O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining bir daqiqasi va har bir SMS narxi 0,03 AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur tarif oyiga 100 Mb tekin internetni ham o‘z ichiga oladi.

“MAXI” deb nomlangan tarifda esa oylik abonent to‘lovi O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqa so‘zlashuv va 600 Mb internet uchun15 AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Mazkur tariflardan tashqari qo‘ng‘iroqlarning har bir minuti uchun 0,02 AQSh dollari, har bir SMS uchun 0,02 AQSh dollari, 1 MV internet uchun esa 0,10 AQSh dollari miqdorida haq olinadi.

300 MB Internet 5 AQSh dollari, 1000 MB Internet esa 10 AQSh dollari turadigan paketlar ham bor.

Telefondan tinimsiz gaplashadiganlar uchun esa shirkat “Absolut” degan tarifini taklif etmoqda.

Mazkur tarif bo‘yicha mijoz oyiga 150 AQSh dollari to‘lab, O‘zbekiston bo‘ylab telefonda cheklanmagan muddat gaplashishi, SMS hamda Internet hizmatidan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, korporativ tariflar ham bor. “Corp” tarifida oyiga 25 AQSh dollarlik to‘lov evaziga kompaniya ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, kompaniya tashqarisida esa 2000 daqiqa, 1000 SMS, shuningdek 800 Mb internet taqdim etiladi.

“Corp VIP” tarifida esa oyiga 45 AQSh dollari evaziga kompaniya ichida cheksiz va kompaniya tashqarisida 5000 daqiqa qo‘ng‘iroq, 2500 ta SMS hamda 1200 Mb internet taklif etilmoqda.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘‘basi "O‘zdunrobita" 2012 yilning iyulь oyida hukumat qarori bilan faoliyatini to‘xtatgan edi.

"O‘zdunrobita"ni katta miqdorda soliqdan bo‘yin tovlash, pul yuvish, mijozlar pullarini noqonuniy o‘zlashtirish va boshqa qonunbuzarliklarda ayblangan edi.

Ozodlik UMS mijozlarining shikoyatlari yuzasidan ushbu shirkatning 50,01% foizlik xissadori MTS shirkatiga bog‘landi.

Shirkat vakili Dmitriy Solodovnikov shikoyatlarni o‘rganib bo‘lgach, Ozodlik savollariga javob berishini aytdi.

XS
SM
MD
LG