Линклар

logo-print

Qirg‘iziston huquq-tartibot tuzilmalari Suriyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tib O‘shga qaytganida qo‘lga olingani aytilayotgan Adaham Raimjonov Farg‘ona vodiysi, jumladan, Andijon va Toshkentda terorchilik xarakatlarni amalga oshirishni rejalashtirganini iddao qilmoqda.

Yanvar oyi boshida qo‘lga olingan o‘shlik Adaham Raimjonov 22 yoshda. U Suriyaga borib, u yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani va janglarda ishtirok etgani aytilmoqda.

- U Farg‘ona vodiysida terorchilik harakatlarni amalga oshirishni ko‘zlagan. Andijonga borib, o‘sha yerda portlashlarni amalga oshirib, keyin shahid sifatida o‘z-o‘zini portlatishga tayyor bo‘lib kelgan, - deydi Qirg‘iziston Miliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rasmiysi Raxat Sulaymanov.

Kuni kecha O‘shda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Suriyaga borib janglarda ishtirok etgani uchun qo‘lga olingan ikki o‘zbek yigiti bilan jurnalistlar suhbatini tashkil qilgan. Qo‘lga olingan yigitlardan biri 2 oy xarbiy tayyorgarlikdan o‘tgani va 4 oy davomida 3ta jangda ishtirok etganini aytib berdi.

Asli o‘zbek bo‘lgan, biroq jurnalistlar bilan rus tilida gaplashgan yigit, Suriyada kofirlar bilan jang qilgani borgani, ammo u yerda begunoh musulmonlar va bolalar o‘ldirilayotganini ko‘rib, O‘shga qaytganini aytgan.

U, shuningdek, unga O‘shda turib O‘zbekistonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga yordam berish vazifasini yuklatilganini gapirib bergan:

- U yerdagi bir do‘stim, ismi Abdulloh, "agar qaytsang yordam ber", dedi. Men qanday yordam, dedim. U "agar u yerga borsang ansor bo‘lasan", dedi. Men qanday yordam bera olaman desam, u "O‘zbekistonga hujum qilamiz, Milliy havfsizlik xizmati va boshqa joylarni portlatamiz", dedi. Meni mayli, agar Olloh uchun bo‘lsa qilaman, nima qilish kerak dedim. U "sen Turkiyaga borasan, u yerda seni kutib olishadi keyin ketaverasan", dedi. Men Qirg‘izistonga kelib, bu yerdan minyorlarni jo‘natishim kerak edi. Men Qozog‘istonga kelganimda meni qo‘lga olishdi, - deydi yigitlardan biri.

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarida Suriyaga ketgan qirg‘izistonliklar borasida ko‘plab ma‘lumotlar chop etilmoqda. Shunday ma‘lumotlardan birida yil boshida qo‘lga olingan Adaham Raimjonovning avval Afg‘oniston, so‘ngra Pokistonda “O‘zbekiston Islom Xarakati” tashkiloti safida bo‘lgani, keyinchalik “Islom jixod guruhi” safiga qo‘shilgani aytiladi. Uning o‘zi jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Suriyadagi janglarda qatnashmaganini aytgan.

Bundan tashqari, qirg‘iz nashirlari o‘tgan yil so‘ngida Suriyada O‘sh shahridan borgan 270 odam jang qilayotgani haqida yozgandi.

Biroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rasmiysi Raxat Sulaymanov bu ma‘lumotning noto‘g‘ri ekanini aytadi.

- Hozirda Suriyaga borib tayyorgarlikdan o‘tganidan so‘ng O‘shga talon-taroj va teraktlarni uyushtirish maqsadida qaytib kelgan 36 odam qo‘lga olindi. Ularning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari va bu ishlarni O‘sh hamda Chuy viloyatlarida uyushtirishni maqsad qilgan. Barcha holatlar bo‘yicha 47 jinoiy ish qo‘zg‘algan, - deydi Raxat Sulaymanov.

Ma‘lum bo‘lishicha qo‘lga olingan 36 odam so‘ngi 3 yilda Qirg‘izistonda 7 terrorchilik guruhi tuzgan va guruh a‘zolarining barchasi Suriyadagi janglarda ishtirok etgan.

XS
SM
MD
LG