Линклар

Madridning "Real” klubi yarim himoyachsi Krishtianu Ronaldu 12 yanvar kuni uchinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritdi.

Bu yilgi "Oltin to‘p" mukofoti uchun kurashda unga “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyyer raqiblik qildilar.

Shuningdek, Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA Ballon d'Or marosimida Germaniyaning “Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Nadin Kessler yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatida Germaniyani g‘alaba olib kelgan Yoaxim Lev esa 2014 yilning eng yaxshi murabbiyi deb e‘lon qildi.

Ronalduning jamoadoshi Xames Rodrigesning Jahon chempionatida Urugvay darvozasiga kiritgan goli yilning eng yaxshi goli deb topildi.

“Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimida FIFA tarafidan e‘lon qilingan 2014 yilning ramziy terma jamoasiga "Bavariya" klubidan Manuel Noyyer, Filipp Lam va Aryen Robben, "Real Madrid" jamoasidan Serhio Ramos, Toni Kroos va Krishtianu Ronaldu, "Barselona" klubidan Andres Inyesta va Lionel Messi, "PSJ" jamoasidan David Luis va Tiago Silva hamda "Manchester Yunayted" klubidan Anhel Di Mariya kiritildi.

XS
SM
MD
LG