Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:15

Karimov nima uchun 1 oyda 2 marta SSSRga qaytdi?​


“Biz eski tuzumni tiklashga qaratilgan hech qanday ittifoqqa hech qachon kirmaymiz, mustabid sovet davriga aslo qaytmaymiz”. Islom Karimov dekabrda, Konstitutsiyaning 22 yilligiga bag‘ishlangan majlisda aytgan bu gapini oradan 37 kun o‘tib, yangi deputatlar oldida qilgan chiqishida yana takrorladi.

Nima uchun bu masala oqsoqolni bu qadar qiynayapti?

Bu bugungi OzodNazarda siyosatshunos Anvar Nazirovga berilgan savollardan biridir.

Siyosatshunosning e‘tiborini mana bu holatga ham qaratdik:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 12 yanvar kuni o‘tkazilgan birinchi tashkiliy yig‘ilishida yangi saylangan deputatlar oldida nutq so‘zlar ekan, Islom Karimov bunday xitob qildi:

“Nima uchun bugungi kunda qanday azob-uqubat bilan O‘zbekiston mustaqillikka erishdi degan davrni yozmaysizlar, nima uchun indamasdan yurgan, nima uchun hech kim bilmaydi bu mustaqillikka erishish uchun bizlar nimalarni boshimizdan kechirdik, kim bizga qarshi chiqdi, kim bizlarni aytaylik, yutuqlarimizga qarshi bo‘lib, shuni har tomonlama yo‘qqa chiqarishga harakat qilganlarni nima uchun bolalarimiz maktablarda o‘rganmaydi?”

Islom Karimov o‘rtaga tashlagan bu savolni u kishining nomidan Anvar Nazirovga berdik.

Shu o‘rinda yana bir qiziq gap: O‘zA axborot agentligi e‘lon qilgan rasmiy matnda Islom Karimov nutqining yuqorida keltirganimiz parchasi silliqlanib, mana bu shaklda berildi:

“Ayni paytda biz boshimizdan kechirgan kechagi kun, yaqin tariximizda ro‘y bergan mana shunday fojiali voqealarni ham bugungi va kelajak avlodlarimizning ongu shuuriga yetkazish haqida ham bosh qotirishimiz zarur. Unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni tarix saboqlari bilan, tarix haqiqati bilan qurollantirish lozim. Maktablarimizda, litsey va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarimizda ayni shu mavzularni xolis va haqqoniy yoritib berishga yanada ko‘proq e‘tibor qaratishimiz kerak”.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni. OzodNazar shu mavzudan boshlandi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG