Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:15

Belgiyada ikki terrorchi o‘ldirildi


Belgiyada o‘ldirilgan jihodchilar.
Belgiyada o‘ldirilgan jihodchilar.

15 yanvar kuni Belgiyaning Verve shahrida o‘tkazilgan maxsus amaliyot paytida ikki janggari otib o‘ldirildi va jarohatlangan bir janggari qo‘lga olindi. Rasmiylarga ko‘ra, Suriyada jang qilib qaytgan ushbu janggarilar Belgiyada terrorchilik hujumlarini amalga oshirishni rejalashtirgani aniqlangan.

Belgiya hukumati mamlakatdagi terrorchilik xavfini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi.

15 yanvar islomchi radikallarga qarshi o‘tkazilgan maxsus reydlardan so‘ng Belgiyada terrorchilikka qarshi kurash kuchaytirildi.

Payshanba kuni politsiya Suriyadan qaytgan janggarilar terrorchilik harakati sodir etishga tayyorlanayotgani haqida ma‘lumot olganidan so‘ng Bryussel va Verve shahridagi o‘nlab uylarda tintuv o‘tkazildi.

Verve shahrida ushbu reydlar payti politsiyachilarga qarshi o‘t ochilgandan so‘ng ikkita janggari otib o‘ldirildi va yaralangan boshqa bir janggari qo‘lga olindi.

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Didye Reyndersning bugun matbuotga bildirishicha, juma kuni reydlar to‘la yakunlanib, tergov-surishtiruv jarayoni boshlangan.

Belgiya Bosh prokurori Erik van der Siptga ko‘ra, janggarilar Suriyada jang qilib qaytgan shaxslar bo‘lib, ular Belgiyada terakt o‘tkazishni rejalashtirgani aniqlangan.

Reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida talafotlar bo‘lmagani aytildi.

O‘tgan hafta Fransiyada janggarilar tomonidan qilingan hujumlar oqibatida jami 17 odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG