Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:36

O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan partiyalarning barchasi prezidentlikka nomzod ko‘rsatdi


Prezidentlikka nomzodlar (chapdan o‘ngga): Islom Karimov, Akmal Saidov, Narimon Umarov, Hotamjon Ketmonov.
Prezidentlikka nomzodlar (chapdan o‘ngga): Islom Karimov, Akmal Saidov, Narimon Umarov, Hotamjon Ketmonov.

O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan to‘rt siyosiy partiyaning barchasi 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida kurash olib boradigan o‘z nomzodlari nomini ma‘lum qildi.

15 yanvar kuni O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan amaldagi prezidenti Islom Karimov, Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Hotamjon Ketmonov nomzodi prezidentlikka ko‘rsatilgan edi.

16 yanvarda “Adolat” partiyasidan Narimon Umarov, “Milliy tiklanish” partiyasidan Akmal Saidov nomzodlari ilgari surildi.

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 29 martiga belgilangan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, nomzod ko‘rsatish saylov boshlanishiga 65 kun qolganda boshlanib, 20 kun davom etishi kerak.

XS
SM
MD
LG