Линклар

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan maktub yo‘llagan tinglovchi tuman Pasport stolida bo‘layotgan qonunbuzarliklar haqida yozib yubordi. Tinglovchiga ko‘ra¸ rasmga tushish uchun 2 oy kutayotgan fuqarolar biometrik pasportni 4-5 oylab kutmoqda.

"Men Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidanman. Bizda pasport olish juda qiyin bo‘lib qoldi.

Pasport stolga borib ocheredda turamiz. U yerda ishlaydigan xodimlarning ish vaqti deyarli yo‘q. Biz fuqarolar ertalab 6dan borib ocheredda turamiz. Ular esa soat 11dan ishlashadi.

Ularning ish vaqti soat nechadan qilib belgilangan o‘zi?

Bizdagi pasport stol ishni soat 11da boshlaydi. Bir yarim soat ishlab obedga chiqishadi. Soat 15:00da obeddan kelishadi. Yana ikki soat ishlab 17:00da ish vaqti tugaganini aytishadi. Ularga hech kim gapira olmaydi. Aytingchi shu ham insofdanmi!

Undan tashqari, pasport puli 58 ming beramiz¸ uchyotga turish uchun 6 ming oladi¸ krugliy pechat uchun 6 ming oladi¸ bir blanka to‘ldirish uchun 2 ming so‘m oladi.

Rasmga tushish uchun 2 oy kutamiz. Xullas, biometrik pasportni 4-5 oy kutamiz. Bunaqa narxlar qonun doirasiga to‘g‘ri keladimi?

Gapirsak, gap ko‘p.

Darvoqe, Pasport stolida har kuni 500talab odam ocheredda turadi."

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG