Линклар

So‘nggi kunlarda Ozodlik radiosiga shu mazmundagi savollar bilan murojaat qiluvchilar ko‘paydi. Muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati prezident Karimov 28 yanvar kuni kechqurun Ko‘ksaroy qarorgohida kechki ovqat payti go‘yoki hushidan ketgani va bir kun hushsiz yotgani haqida xabar tarqatgan edi. Rasmiy Toshkent Karimovning komaga tushgani haqida dunyo matbuotida bosilayotgan shu mazmundagi xabarlarga hozircha munosabat bildirmadi.

- Oq saroyda Karimov quladi, deyishayapti. Og‘rib, kasal bo‘lib, qulagan ekan. Qozog‘istondagi telekanallar, "Euronews" shu haqda xabar berdi. Gazetalar ham Karimov quladi, deb xabar berayaptida. Shu rostmi? deydi Qozog‘istondan qo‘ng‘iroq qilgan Bek ismli o‘zbekistonlik.

O‘zbekistonliklar¸ qolaversa xorij nashrlarida bunday savol tug‘ilishiga muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati tarqatgan xabar asos bo‘lgan ko‘rinadi.

O‘XH prezident Karimov 28 yanvar kuni kechqurun Do‘rmondagi Ko‘ksaroy qarorgohida kechki ovqat payti go‘yoki hushidan ketgani va bir kun hushsiz yotgani haqida xabar tarqatdi.

Harakat raisi Muhammad Solihga ko‘ra, Karimov hozir komadan chiqqan, lekin axvoli og‘ir.

-Yigirma soatlar komada yotganidan so‘ng uni doktorlar komadan chiqarishgan. Lekin u o‘shandan beri hech qayerga chiqqani yo‘q. Yotibdi. Bu haqda bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uni atrofidagi odamlar bildiryapti, - deydi Muhammad Solih.

Markaziy Osiyo va Rossiyadagi o‘nlab narshlar va axborot agentliklari O‘zbekiston muxolifatiga tayangan holda bu xabarni e‘lon qildi.

Xususan¸ Yandex qidiruv sayti orqali prezident Karimovning go‘yo komaga tushganligi haqidagi xabarni rus tilidagi 25 dan ziyod sayt ko‘chirib bosganini ko‘rish mumkin.

Jumladan Rossiyaning Rosbalt, Qirg‘izistonning CA-News, Tojikistonning Asia-Plus va Qozog‘istonning Tengrinews kabi yetakchi axborot agentliklari ham bu xabarni e‘tibordan chetda qoldirmadi.

Ayrim nashrlar hatto prezident Karimov o‘lsa, O‘zbekston va mintaqani nima kutmoqda, kabi savollarni muhokama qilishni boshlab yubordi.

"Karimovning kasal bo‘lib qolganligini haqida xabar mamlakat kelajagi haqidagi savolni o‘rtaga chiqardi", deb yozdi CA-News.

Rosbalt esa O‘XH xabariga "ishonchsizlik" bilan yondashish kerakligini ta‘kidlay turib¸ "O‘zbek diktatori olamdan o‘tguday bo‘lsa, yuzaga keladigan vaziyatni Iosif Stalin o‘limidan keyingi vaziyat bilan taqqoslasa bo‘ladi. Tuzum saqlanib qoladi¸ ammo asta-sekin yemirilib borib oxir-oqibat yo‘q bo‘ladi" deb xulosa qildi.

O‘XH xabariga Vesti.kg da o‘z munosabatini bildirgan mintaqa xavfsizligi bo‘yicha tahlilchi Artur Medetbekov, prezident Karimovdan keyin O‘zbekistonning radikallashgan islomiy muxolifati mintaqani beqarorlashtirish orqali hokimiyatga kelishga urinishini bashorat qilgan.

Armanistonning News.am axborot agentligi esa¸ Karimovning kasalligi haqida xabar paydo bo‘lgan kuni O‘zbekiston 1-kanalidagi Axborot dasturida mamlakat yengil sanoatidagi yutuqlar haqidagi odatiy lavhalar efirga uzatilganiga e‘tibor qaratadi.

"Ko‘ngilochar dasturlar ko‘pligi tufayli Karimovning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabar haqiqatdan yiroqqa o‘xshaydi"? deb yozadibu nashr.

O‘zbekiston rasmiylari hozircha prezident Karimovning komaga tushgani haqida dunyo matbuotida bosilayotgan xabarlarni sharhlagani yo‘q.

Xususan¸ O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Ozodlik muxbiri 5 fevral kuni ëzma tarzda yo‘llagan savollarni javobsiz qoldirdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiylaridan biri esa Ozodlik savoliga “Bu masala bizga tegishli emas, bizda bu haqda ma‘lumot yo‘q“, deb javob qildi.

Muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati 30 yanvarь kuni 77 ëshga kirgan Islom Karimovning hushidan ketgani haqda birinchi marta xabar tarqatayotgani yo‘q.

O‘XH bundan avval o‘z sahifasida hukumatdagi yashirin manbalariga tayanib turib¸ Karimovning o‘tgan yil mart oyida go‘yoki yurak xurujini boshdan kechirganini iddao qilgan edi.

Ammo bu xabardan bir necha kun o‘tib Islom Karimovning Moskvaga amaliy tashrif bilan borishi uning sog‘ligi yomonlashgani haqidagi shubhalarni chippakka chiqargan edi.

- Yurak xurujini boshdan kechirib, tirik qilgan bo‘lsa¸ biz nima qilaylik! O‘shanda u infarkt bo‘lgan edi, biz bu haqda to‘g‘ri xabar berganmiz, bu haqda uning atrofidagi odamlar bizga bildirgan edi, dedi O‘zbekiston Xalq harakati raisi Muhammad Solih.

Harakat saytida ëzilishicha, 30 yanvar kuni kechqurun respublika televideniyesining “O‘zbekiston” kanali rejadagi “Opa-singillar” milliy teleserialining navbatdagi qismini ko‘rsatishni to‘xtatib¸ o‘rniga prezident Islom Karimovning yanvar o‘rtasida Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘qilgan nutqini qayta efirga uzatgan.

"Bu bilan O‘zbekiston televideniyesi Karimovning komaga tushgani haqidagi xabarlarni rad qilishga urindi", deb yozdi O‘XH.

Koma bu hushdan ketish, chuqur uyqu holatidir. O‘zbekiston rasmiy matbuotida qarib boraëtgan Islom Karimovning sog‘ligi ochiq muhokama etilmaydi. Bu savol ayni kunlarda mamlakatda boshlangan navbatdagi prezident saylovi jaraënida ham tilga olinmaëtir.

Hozircha prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan to‘rt da‘vogarning biri mamlakatni chorak asrdan buyon boshqarib kelayotgan Karimovdir.

Sog‘ligi yomonlashgani haqida xabarlar tarqalishidan bir necha kun avval - 22 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida yangi saylangan va tayinlangan senatorlar bilan uchrashgan prezident va prezidentlikka nomzod Islom Karimov 45 daqiqa ma‘ruza qilib¸ kerak bo‘lsa yana 25 yil ishlashni “o‘z burchi” deb bilishini aytgan edi.

Bu baënotdan bir necha kun o‘tib¸ Islom Karimovning komaga tushgan-tushmaganiga oid na rasmiy inkor va na tasdiq yo‘q bir vaziyatda¸ aksar o‘zbekistonliklarni qiziqtiraëtgan Islom Karimovning komaga tushgani rostmi? degan savol javobi yana Karimovning jamoatchilikka ko‘rinish berish-bermasligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG