Линклар

logo-print

Vikipediyaga qo‘l telefonidan bepul kirish imkoniyati shu kunda jahonning ko‘plab mamlakatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda mavjud.

Hozircha O‘zbekistonda foydalanilmayotgan bu imkoniyatni Vikipediya Jamg‘armasining mazkur Internet entsiklopediyadan bepul foydalanishga qaratilgan - Wikipedia Zero loyihasi yaratgan.

Wikipedia Zero loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlardagi (yuqorida zikr etilgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda ham) yirik mobil aloqa operatorlari o‘z abonentlariga Vikipediyadan bepul foydalanish imkonini beradi.

Bu imkoniyatdan qanday foydalanasiz?

Buning uchun yo Vikipediyaning mobil versiyasidan foydalanasiz yoki kompyuteringizda zero.wikipedia.org sayti orqali Vikipediya sahifalariga kirasiz.

Odatda bu xizmatdan foydalanish uchun uni aktivatsiya qilish kerak.

Masalan, Qirg‘izistonda Beeline mijozlari *319#, MegaCom mijozlari esa *455*1# kodlarini terishlari kerak.

***

Biz birga kirdik

Yuqorida tanishganingiz yangilik Ozodlik radiosi OzodWiki loyihasi doirasidagi eshittirishlarning yubiley soni yangiligidir.

Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam – 2014 ning 6 fevralida birinchi eshittirishi havoga uzatilgan OzodWiki loyihasi ilmiy-ma‘rifiy loyiha bo‘lib, ilmni targ‘ib qiluvchi Vikipediyani ozodlikchi-tinglovchi-mushtariylarimiz orasida targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

Wiki-ekspert Nodir Otayev

Wiki-ekspert Nodir Otayev

Bir yil davomida bu loyiha doirasida 29 ta eshittirish tayyorlandi, bugungisi – 30-inchisidir.

Eshittirishlarimizda Siz mushtariyni O‘zbekcha Vikipediya maqolalarini yozishda ishtirok etayotgan mualliflar bilan haftaning eng asosiy so‘z-tushunchalarining O‘zbekcha Vikipediya talqini bilan tanishtirdik.

OzodWiki loyihasi o‘tgan bir yilda nimalarga erishdi?

Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev bilan suhbatmiz shu haqda bo‘ldi:

XS
SM
MD
LG