Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:07

O‘zbek muhojiri Rossiyadan 840 ming rubl va 20 ming yevro tovon puli undirdi​


Rashid Razzoqov Voronejda politsiyachilar tomonidan kaltaklangan edi.
Rashid Razzoqov Voronejda politsiyachilar tomonidan kaltaklangan edi.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya 2009 yilda Voronej militsiyasi tomonidan qiynoqqa solingan O‘zbekiston fuqarosi Rashid Razzoqovga 20 ming yevro tovon puli to‘lashi shartligi haqida 5 fevral kuni qaror chiqardi.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorida qiynoqlar xalqaro qonunchilikda taqiqlangani ta‘kidlangan va Rossiya tovon puli to‘lashiga qaramay, Razzoqov bundan buyon ham jabrlanuvchi sifatida tan olinishi aytiladi.

Sud, shuningdek, Razzoqovning qiynoqqa solingani holati Rossiya tomonidan effektiv tergov qilinishini, tergov natijasida aybdor ekani aniqlangan shaxslar adolatli sudlovga topshirilishini va jazolanishini talab etgan.

Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” huquq himoyasi qo‘mitasi tarqatgan xabarda aytilishicha, 2009 yilda Voronejda militsiya xodimlari o‘zbekistonlik muhojir Rashid Razzoqovni go‘yoki uyat gaplar bilan so‘kingani uchun hibsga olgan. Razzoqov ikki kun davomida qiynoqlarga solingan, bundan maqsad esa unga o‘zi sodir etmagan qotillikni tan oldirish bo‘lgan. Biroq muhojir qiynoqlarga dosh berib, qotillik ayblovini tan olmagan.

(Mazkur video "Fuqaroviy ko‘mak" qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan)

Razzoqov ozod etilganidan so‘ng huquq faollariga murojaat qilgan. “Memorial” va “Fuqaroviy ko‘mak” tashkilotlari unga besh yil davomida huquqiy yordam ko‘rsatib kelgan.

Mazkur voqeadan olti oy o‘tgach, qiynoqqa solinish holati yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Tergovda Razzoqov o‘zini qiynoqqa solgan ikki militsiya xodimini tanigan. Lekin tergov davomida militsiya xodimlarining qarindoshlari o‘z yaqinlari Razzoqov qiynoqqa solinayotgan paytda boshqa joyda bo‘lgani haqida ko‘rsatama bergan. Mana shu ko‘rsatmalarga asoslangan holda o‘zbek muhojirini qiynoqqa solgan militsiya xodimlariga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Huquq faollari va Razzoqovning qat‘iy talablari o‘z samarasini berdi. 2011 yil noyabrida Voronejning Lenin tuman sudi Razzoqovga Rossiyada hech kimga berilmagan katta miqdordagi tvoon puli to‘lash haqida qaror chiqargan. Sud qaroriga asosan Razzoqovga qiynoqlarga solingani va noqonuniy hibs qilingani uchun 840 ming rub tovon puli to‘lab berilgan.

Ammo militsiya xodimlariga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatib qo‘yilgani munosabati bilan Rashid Razzoqov Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilgan edi.

Asli xorazmlik bo‘lgan Rashid Razzoqov 2012 yilning 29 martida Ozodlik radiosiga bergan suhbatda “qonun himoyachilari” tomonidan Voronejning Jeleznodorojniy politsiya bo‘limida olgan jarohatlarni sanab o‘tgan edi.

- Qo‘lni sindirganlar, pivo butilkasi bilan kalladan zarba bo‘lgan, ko‘kraklarim ko‘karib ketgan, oyoqlarimning tagi, tizzalarim... Hammasi bo‘lib 13 travma olganman-da. Yuzlarim ko‘kargan, ko‘zim qo‘kargan, kallam teshilib ketgan butilka bilan urganda. Davolanishga uzoq vaqt ketdi, uzoq cho‘zildi. Ayniqsa¸ singan qo‘l juda azob berdi. Hozir ham singan tarafimga qarab yotganimda og‘riydi, ko‘p yota olmayman yonboshlab... O‘lgan odamni bo‘yninga olasan, dedi-da. Ermak uchun qiynadilar, - degan edi o‘z haqini talab qilib Strasburg sudigacha borib Rossiya hukumatini tovon to‘latishga majbur qilgan Rashid Razzoqov.

XS
SM
MD
LG