Линклар

Ozodlikka Rossiyadan maktub yo‘llagan tinglovchi Qozon vokzalida boshidan o‘tkazgan sarguzashtlarini hikoya qildi. Uning iddaosicha¸ mahalliy mulozimlar bilan kundalik tushumini o‘rtoqlashish evaziga til biriktirgan o‘zbeklar qaroqchilik bilan shug‘ullanmoqda.

Quyida ushbu maktubni o‘zgarishsiz chop etayapmiz:

"Men va bo‘lam tog‘amni kuzatgani vokzalga bordik. Tog‘amni katta-katta ikkita sumkasi bor. Tog‘am bilan qo‘shni qishloqdan birga ishlagan sherigi ham ketaëtgan edi. Uning sumkasi 5 ta.

Biz vokzalga keldik. Odatdagidek tamojniya xodimi bilet so‘radi. Ikkalasi biletini ko‘rsatib¸ ichkariga sekin sumkalarini ko‘tarib boraëtganida birdaniga vodiylik qaroqchi aravakashu bezori bolalar o‘rab oldi.

Biz buni ko‘rib tamojniya xodimiga "bizni ham ichkariga qo‘ying¸ sumkalarini vagongacha ko‘tarishib boraylik", desak ko‘nmadi.

Shu yerda tirikchilik qiladigan qaroqchi bolalardan birini chaqirib "Jo‘ra¸ bizni ichkariga qo‘yishmayapti" degan edik: "Kiringlar¸ men javob beraman" dedi. Bu ërdami uchun qo‘liga ikki yuz berdik. Tamojni xodimi g‘ing deya olmadi. Daje pul berganimizniyam ko‘rib turgandi.

Oltinchi vagon eshigi oldida toshkentlik ëshi 45larga borgan provodnik turgandi. U kishi qo‘pollik bilan "Odam boshiga bittadan sumka. Boshqa mumkin emas" dedi.

Bu provodnikni og‘zi haligi tamojni xodimining og‘zidan ancha katta ekan. Qolgan sumkalarning har biriga bezbetlarcha ming rubldan so‘radi. Tog‘am ming¸ sherigi esa to‘rt ming berdi.

Sumkalarni vagon ichkarisiga kiritib taxlaëtgandik haligi vodiylik qaroqchilar vagon ichiga kirib kelib bo‘lamni burchakka tiqib "Bizgayam ming rubl ber yaxshilikcha. Bo‘lmasa o‘lasan" deb do‘q po‘pisa qildi. Noiloj ming rubl berdi.

Tog‘amning sherigini burchakka tiqib o‘n minglik telefonini olib qo‘ydi. Vagon provodnigiga ming lanat bo‘lsin! U iflos o‘sha payt indamay tomosha qilib turdi.

Shunaqa talon-tarojlik bilan tog‘am va sherigini jo‘natdik. Keyin bilsak haligi vodiylik qaroqchilar o‘sha vokzal mulozimlarining laychalari ekan. Ular har kuni shu tarzda pul ishlab¸ mahalliy mulozimlarga kunlik plan topshirar ekan.

Poyezdga bilet arzon¸ ko‘proq yuk olib ketaman deb o‘ylagan sho‘rlik migrant ming pushaymon yerkan".

Bu maktub ortidan muxbir bog‘langanida maktub muallifi qo‘shimcha savollarga ham javob berdi:

XS
SM
MD
LG