Линклар

logo-print

O‘zbekiston televideniyesida Internetdagi telefoniya trafigini GSM formatida uyali telefonlarga bog‘lovchi GSM-shlyuzlarga (GSM Gateway)​ qarshi targ‘ibot boshlandi. 10 fevral kuni “Yoshlar” telekanalida efirga berilgan “Jinoyat va jazo” ko‘rsatuvida GSM-shlyuzlardan foydalanish O‘zbekistonda qonunga xilof ekani, bunday uskunalardan foydalangan bir qator jismoniy va yuridik shaxslar ma‘muriy va jinoiy jazoga tortilgani haqida gap bordi.

Internetdagi VoIP kabi telefoniya kanallarini GSM tarmog‘iga ulab berish orqali mobil aloqa xarajatlarini uch-to‘rt baravar kamaytiruvchi shlyuzlar so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda ham ommalashdi.

Toshkentlik Internet telefoniya sohasi mutaxassisi Umid Soliyevga ko‘ra, O‘zbekistonda kimdir chet eldagi tanishlari bilan telefonda arzonroq gaplashish¸ kimdir esa tijoriy maqsadlarda shunday uskunalardan foydalanadi:

- Ko‘pchilik GSM-shlyuzlardan (GSM Gateway) mini-ATS sifatida foydalanadi. 8 kanallik shlyuzlar bor. VoIP telefoniyani mobil telefonlarga bog‘lab, chet el bilan gaplashish xizmatini yo‘lga qo‘yishgan. Bunaqalar juda ko‘paygan, deydi toshkentlik Internet telefoniya mutaxassisi Umid Soliyev.

“Yoshlar” telekanalida efirga berilgan ko‘rsatuvda GSM-shlyuzlar “Uztelecom” milliy aloqa shirkatiga so‘nggi ikki yil ichida 300 million dollar zarar yetkazgani ta‘kidlanildi.

Ko‘rsatuvda aytilishicha¸ GSM-shlyuz tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan ayrim fuqarolarga yetti yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Lekin bunday jazo O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining qaysi bandi bo‘yicha belgilangani haqida ko‘rsatuvda hech gap aytilmaydi.

“Uztelecom” milliy aloqa shirkatining Ozodlik bog‘langan rasmiysi GSM-shlyuzlar foydalanishni “g‘irt o‘g‘irlik” deb baholadi:

- Bu davlatning elektr liniyasiga yashrincha sim ulab, shu elektrni o‘g‘irlash bo‘layapti. Kimlardir shu o‘g‘irlikni kimlargadir sotib pul ham qilayapti. Bu mumkin emas, dedi “Uztelecom” rasmiysi.

Ayni paytda "Uzbektelecom" rasmiysi GSM-shlyuzlardan foydalanishga o‘rnatilganning taqiq qanday qonuniy me‘yorlarga asoslanishini tushuntirib bera olmadi.

O‘zbekiston televideniyesi "Yoshlar" telekanalida seshanba kun efirga berilgan GSM-shlyuzlar haqidagi ko‘rsatuv yangi texnologiyaga qiziquvchan o‘zbekistonliklar e‘tiborini tortgan.

- Bunday uskuna borligini shu ko‘rsatuvdan bildim. Internetda tekshirib ko‘rsam juda foydali texnika ekan, deydi Ozodlikka bog‘langan o‘zbekistonliklardan biri.

Internet telefon mutaxassisi Umid Soliyevga ko‘ra, GSM-shlyuzlarga taqiq avvaldan bo‘lgan:

- GSM-shlyuzlarga O‘zbekistonda anchadan beri taqiq bor. Bu noqonuniy. Odamlar bu uskunadan foydalanganda aloqa vositalarini suiste‘mol qilmoqda, davlatga tegishli shirkat aloqasidan pul qilmoqda. Ikkinchidan, O‘zbekistonda aloqa juda spetsifik soha. Uni xohlagancha suiste‘mol qilish mumkin emas, aloqa hukumat nazorati ostida bo‘lishi kerak. GSM-shlyuzlarga qo‘yilgan taqiq aynan shu bilan bog‘liq, deydi o‘zbekistonlik mutaxassis.

Boshqa davlatlarda GSM-shlyuzlar Internet telefon sohasida keng foydalaniladi.

Ko‘plab shirkatlar aloqa uchun xarajatlarini kamaytirish maqsadida shunday uskunalardan foydalanadi.

Masalan¸ Yevropa Ittifoqidavlatlarida shirkatlar GSM-shlyuzlardan ichki ehtiyojlari uchun foydalanishlariga hech qanaqa taqiq yo‘q. Ko‘gina davlatlarda hatto GSM Gateway firmalari mavjud va ular oddiy statsionar telefon aloqasini arzonroq bo‘lgan mobil telefon aloqasiga ulab berish orqali mo‘maygina daromad ko‘radi va davlatga soliq to‘laydi. Ammo misol uchun, Britaniya mahkamasi GSM Gateway xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarga taqiq joriy qilgani ham rost. Mahkamaning bunday qarori anonim qo‘ng‘iroqlarga qarshi xavfsizlik chorasi sifatida qabul qilingan edi.

GSM shlyuzlardan foydalanishga O‘zbekistonda qo‘yilgan taqiq tahlilchilar fikricha, daromaddan quruq qolatgan davlatga qarashli “Uztelecom” tashabbusi bilan joriy qilingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG