Линклар

Ozodlikka Qoraqalpog‘istondan maktub yozganlardan biri Xo‘jayli tumanidagi muammolar haqida so‘z ochdi. Mushtariyning yozishicha¸ plastik kartadagi pulning 15 foizini olib naqd pul qilib berishmoqda¸ bir necha yildan beri gaz yo‘q bo‘lishiga qaramasdan odamlar gazdan qarzdor qilib qo‘yilmoqda.

"Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashayman. Bizning tumanda qora bozorda valyutchik ismini olgan bir necha yuzlab kishilar savdo qiladilar.

Dollarning davlat bahosi 2436 so‘m bo‘lsa¸ u narxda hech kimga bermagan¸ bermaydi ham. Bozordagi valyutchiklar ularning odami. Ularga beradi¸ ular sotadi.

Plastik kartaga o‘tkazdi. Ko‘p yerlarda 100 foiz o‘tdi. Do‘konga borsa qimmat bahodan beradi sotuvchilar. Bankda naqd pul yo‘q¸ bankomatlar ishlamaydi.

Qora bozorda 15 foizgacha bordi plastikdagi pulni naqdga almashtirish. Bir valyutchik yoniga naqd pul uchun borsang¸ qo‘llarida yuzlab plastik. Qaerdan almashtiradi ular? Hammasi qaerga sig‘adi u pullarning?

Bir haftada plastik kartani bo‘shatib naqd pulni sanab beradi. Hammasi tepadagilar qo‘lida. Ular qaerdan oladi shuncha pulni?

Bu foizlar ularning ulushi. Agar bir gap aytsang¸ "Milliy xavfsizlik bo‘limi" deydi. Chaqirib ovozingni o‘chirib qo‘yadi. Hech kim hech narsa deya olmaydi. Tanish-bilishchilik¸ puli ko‘plar zamoni bo‘ldi.

Pasport stoldayam shu hol. Ro‘yxatga yozib o‘tiradi¸ lekin tanishi borlar ishga ketish uchun pul bilan majburiy oladilar. 3 oy avval 150 mingga chiqqandi.

Yana gaz masalasi. Xo‘jayli tumanining qarzi bor deb bir necha yillardan buyon gaz yo‘q. Ishchilarning maoshlaridan olib¸ "yordam" deb har yili ikki marta har uylarga tuman qarzini bo‘lib yozib qo‘yadi.

Uylarga xat tashlab ketadi¸ qarzing bor deb. Borib kompyuterdan tekshirtirsang¸ "Unday qarz yo‘q" deydi. Qachon tamom bo‘lar ekan bu qarzlar?

Ikki kun oldin o‘g‘lim "Qo‘shnimizning uyi yonib ketdi. O‘zlari omon" deb yozdi. "Qanday bo‘libdi?" deb so‘rasam nasosdan dedi.

Ko‘chada necha uy bo‘lsa¸ hammasi birlashib tortadilar gazni. Qancha uylar yonadi har yili¸ qancha insonlar o‘lgan bu nasos degan balodan.

Ko‘zlari qaerda boshliqlarning? Boshliqlar o‘zi och. Ular tez-tez yeyishi kerak¸ postni egallash uchun bergan pulini topishi kerak. Xalqni o‘ylaydigani yo‘q. Faqat boylar zamoni bo‘ldi."

******************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling, Skypeda biz bilan muloqotga chiqing yoki bizga maktub yo‘llang.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 777 148 199 raqamiga yo‘llang.

Skypeda Ozodlikni ozodskype, ozodovoz yoki ozodlikonline deb qidiring.

“OzodMaktub” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

XS
SM
MD
LG