Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 15:07

Ukraina sharqida sulhga qaramasdan janglar davom etmoqda​


Kiyev hukumat qo‘shinlari so‘nggi 24 soat ichida rossiyaparast ayirmachilar tarafidan 112 marta o‘qqa tutildi, demoqda.
Kiyev hukumat qo‘shinlari so‘nggi 24 soat ichida rossiyaparast ayirmachilar tarafidan 112 marta o‘qqa tutildi, demoqda.

Ukraina sharqida hukumat qo‘shinlari bilan rossiyaparast ayirmachilar o‘rtasida sulh o‘rnatilganiga qaramasdan, janglar davom etmoqda. Janglar ko‘lami sezilarli pasaygan, lekin tomonlar bir-birini sulhni buzayotganlikda ayblamoqda. Ayni paytda, front liniyasidan og‘ir qurollarni olib chiqish masalasi ham mavhum qolmoqda.

Kiyev hukumatining bildirishicha, sulh bitimi 15 fevraldan kuchga kirganiga qaramasdan, hukumat qo‘shinlari so‘nggi 24 soat ichida rossiyaparast ayirmachilar tarafidan 112 marta o‘qqa tutilgan.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin 16 fevral kuni qilgan chiqishida hukumat o‘t ochishni to‘xtatish bitimiga “to‘la amal qilmoqda”, deya ta‘kidlab, “Donetsk va Luganskdagi terrorchilar” artilleriya, raketa va “Grad” tizimlaridan” hujum uyushtirayotganini bayon qildi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi matbuot vakili Andriy Lisenko dushanba kuni Kiyevda o‘tkazilgan brifingda bunday dedi.

- Jangovar harakatlar ko‘lami aksar joylarda umumiyatla sezilarli tarzda pasaydi. Lekin Minsk bitimiga qaramasdan, Debaltsevo atrofida janglar davom etmoqda. So‘nggi bir necha soat davomida jangarilar bizning pozitsiyalarimizni 88 marta o‘qqa tutdi. Dushman faol tarzda “Grad” raketa tizimlari, tanklar, artilleriya va raketalardan foydalanmoqda,- dedi milliy kengash matbuot kotibi.

Lisenko hukumat qo‘shinlari faqatgina hujumlarni qaytarish uchun o‘t ochayotganini ta‘kidladi.

- 16 fevral kuni soat 11ga qadarnoqonuniy qurolli tuzilmalar aksilterror amaliyot nazorat punktlarini 129 marta o‘qqa tutdi. Bu sekin-asta ularni bu hududdan siqib chiqarish uchun qilinmoqda. Bir narsani ta‘kidlamoqchiman, bizning qo‘shinlar faqatgina hujumlarga javoban o‘t ochmoqda,- dedi Lisenko.

Reyters agentligi Ukraina Mudofa vazirligi matbuot vakilining sulh kuchga kirganidan beri 5 nafar harbiy halok bo‘lib, 25 nafari jarohatlangani to‘g‘risidagi so‘zlarini keltirmoqda.

Hukumat qo‘shinlari qo‘lida qolayotgan Debaltsevo shahri atrofida janglar davom etomqda. Kiyev va rossiyaparast ayirmachilar bir-birini sulh bitimini buzganlikda ayblamoqda. Ikkala tomon ham janglar davom etayotgani bois og‘ir qurollarni mintaqadan olib chiqmasliklarini e‘lon qildi.

Ukraina sharqidan tank, artilleriya va raketalarni olib chiqish jarayonining mahalliy vaqt bilan 17 fevraldan boshlab uch hafta ichida tugatilishi rejalashtirilgan. Bu o‘tgan hafta Minskda erishilgan sulhning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshishi kerak.

Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot vakili Vladislav Seleznyov hozirda Ukraina front liniyasidan og‘ir qurollarni olib chiqishi masalasi ko‘rib chiqilmayotganini ta‘kidladi. Qurollar front liniyasida 140 kilometrlik bufer zonasini tashkil qilish uchun olib chiqilishi kerak edi.

O‘zini Donetsk xalq respublikasi, deb e‘lon qilgan tashkilot rasmiysi Edurad Basurin “Ukraina armiyasi o‘t ochish va Minsk kelishuvini buzishni to‘xtatmasa, Donetsk xalq respublikasi kuchlari o‘z qurollarini olib chiqmaydi”, deya ta‘kidladi.

Ayni paytda, Bryusselda Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya Mudofaa vazirligining ikki rasmiysi va parlamentning ikki deputatini sanktsiya ro‘yxatiga qo‘shdi. “Ukraina hududiy yahlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazganlik” uchun Yevropa Ittifoqiga kirishi man qilingan va bank hisob raqamlari muzlatilganlar ro‘yxatiga Donetsk va Luganskdagi ayirmachilarning 15 vakili ham qo‘shildi. Bu ro‘yxatga hozirda Ukraina va Rossiyadan 151 shaxs va 37 tashkilot nomi tirkalgan.

Moskva 16 fevral kuni Bryussel qaroriga zudlik bilan javob qaytarib, Kiyev bilan rossiyaparast ayirmachilar o‘rtasida sulh kuchga kirganidan bir kun o‘tib yangi sanktsiya qo‘llagan YeI harakatlari “sog‘lim fikrga” ziddir, deya bayon qildi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Moskva sanktsiyalar kuchaytirilishiga “adekvat” javob qaytaradi, deya bildirdi.

Sulh bitimi o‘tgan hafta Ukraina, Rossiya, Germaniya va Frantsiya yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qabul qilindi. Ukraina sharqida 10 oydan beri davom etayotgan janglar oqibatida 5500ga yaqin odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG