Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:17

“O‘zbekiston bilan munosabatimiz noaniqligicha qolmoqda”​


O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari noaniqligicha qolayotgani oqibatida 2010 yilda yopilgan chegaralar shu kungacha ochilgani yo‘q.
O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari noaniqligicha qolayotgani oqibatida 2010 yilda yopilgan chegaralar shu kungacha ochilgani yo‘q.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev 16 fevral kuni mamlakat parlamentiga mana shunday hisobot berdi. Qirg‘iz rasmiysiga ko‘ra, bu holat Rossiyaning Qirg‘izistondagi gidroinshootlarni barpo etish loyihasini qo‘llab-quvvatlayotgani bilan bog‘liq.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev 16 fevral kuni qirg‘iz parlamentiga bergan hisobotida mamlakatning yaqin qo‘shnisi O‘zbekiston bilan munosabatlarda ijobiy natijalarga erishilmagani haqida gapirdi.

“O‘zbekiston va Tojikiston bilan munosabatlarimiz noaniqligicha qolmoqda. Rossiyaning mintaqadagi pozitsiyasi kuchayib borayotganini, jumladan, Rossiyaning Qirg‘izistondagi suv-energetika loyihasidagi ishtirokini e‘tiborga olsak, Toshkent o‘zining pozitsiyasini yaqqol namoyon etdi. Bu pozitsiya Toshkentning ikki tomonlama dialoglarni muzlatiib qo‘yganida va mamlakat janubiga gaz berishni to‘xtatganida aks etdi”.

2013 va 2014 yilda Qirg‘iziston prezidenti eng ko‘p tilga olgan muammo O‘zbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanmayotgani va qirg‘iz hukumati bu borada muvaffaqiyatga erisha olmayotgani bo‘ldi.

O‘zbekiston bilan munosabatlar rasmiy Bishkek Moskva bilan hamkorlikda Qambarota – 1 GESini qurish haqida kelishimga erishganidan so‘ng yomonlashganini ta‘kidlagan prezident Almazbek Atambayev “O‘zbekiston siyosiy o‘yinlardan qo‘rqqani uchungina mazkur qurilishga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda”, deb bayonot bergan edi:

- Bu loyiha Qirg‘izistonga qanday zurur bo‘lsa, O‘zbekistonga ham shunchalik muhim. Men O‘zbekiston nimadan qo‘rqayotganini bilaman. O‘zbekiston rahbarlari qandaydir siyosiy o‘yinlardan qo‘rqmoqda. Shuning uchun ham men so‘nggi uchrashuvimizda hurmatli Islom Abdug‘aniyevichga "sizlar ham bu loyihaga qo‘shilinglar", deb shaxsan taklif kiritdim. Agar O‘zbekiston bu loyihaga qo‘shilsa, bu qo‘rquv o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Qirg‘iziston prezidenti “O‘zbekiston qanday siyosiy o‘yinlardan qo‘rqayotgani”ga oydinlik kiritmagan. Ayni paytda mutaxasislar Qambarota-1 GESi qurilishi bilan Qirg‘iziston mintaqdagi suv zahiralari nazoratini qo‘lga kiritishini ta‘kidlaydilar. Mazkur inshoot to‘laligicha Rossiya sarmoyasiga qurilishini va GES o‘zini oqlaguniga qadar Moskva ixtiyorida bo‘lishi to‘g‘risida kelishilganidan kelib chiqilsa, O‘zbekiston mintaqa suv zahirasi nazorati Kreml ixtiyoriga o‘tib , buning ortidan rus hukumati Toshkentga bosim ko‘rsatish vositasiga ega bo‘lib qolishidan cho‘chiyotgani anglashiladi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarida iliqlikning yo‘qligi iqtisodiy aloqalarga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Masalan, 2007-2012 yillarda O‘zbekiston bilan savdo –iqtisodiy aloqalarning pul miqdoridagi ko‘rsatkichi 392,5 million dollarni tashkil qilgan. 2013-2014 yillarda esa bu ko‘rsatkich 224 million 99 ming dollarga yetgan xolos.

Solishtirish uchun aytib ketsak: Qozog‘iston Qirg‘izistonga so‘nggi 20 yil ichida 1,5 milliard dollar miqdorida sarmoya yotqizgan va Qozog‘istonning Qirg‘iziston bank sektoridagi ulushi 60 foizga yetgan. Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir yillik savdo aylanmasi 1 milliard dollardan oshadi.

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi esa 2013 yilda 3 milliard 244 million dollarni tashkil qilgani aytilgan.

XS
SM
MD
LG