Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:14

O‘zbek aktyori Hollivudda Oskar haykalchalarini qo‘riqlayapti


O‘zbekistonlik taniqli aktyor va sportchi, hozirda AQShda yashab, ijod qilayotgan Ahmad Berdimurodov Hollivudda o‘tadigan Oskar mukofotining 87-taqdimot marosimida qo‘riqchi sifatida qatnashmoqda. 22 fevral kuni jahon kino yulduzlariga beriladigan Oskar haykalchalarini qo‘riqlayotgan Ahmad kelajakda aktyor sifatida o‘zi ham ushbu nufuzli mukofotni olish umidida ijod qilayotganini gapirdi.

Taekvondochi Ahmad Oscar haykalchalarni qo‘riqlayapti

O‘zbek tomoshabinlariga “Shaytanat” serialidagi Jamshid obrazi orqali tanilgan Ahmad Berdimurodov besh yildirki, AQShning Los Anjeles shahrida yashab, ijod bilan shug‘ullanmoqda.

Berdimurodov nafaqat aktyor balki sportdagi muvaffaqiyatlari bilan ham mashhur. Taekvondo bo‘yicha jahon chempioni, WTF yo‘nalishi bo‘yicha qora belbog‘ sohibi 46 yashar Ahmad Berdimurodov dunyo kinosanoatining nufuzli mukofoti Oskarning 87-taqdimot marosimiga qo‘riqchi sifatida taklif qilingan.

- Mening qo‘riqchilar birigadamda yetti yigit bor. Biz Oskar sovrinining o‘zini qo‘riqlayapmiz. 24 dona Oskar sovrini bor. O‘shani bitta-bitta qabul qilib oldik. Nakladnoylarga qo‘l qo‘yib, endi o‘shalarga javob beramiz, boshimiz bilan,- deydi Ozodlik bilan suhbatda Ahmad Berdimurodov.

Ahmadning aytishicha, u Oskar marosimiga Security Industry Specialist kompaniyasi xodimi sifatida chaqirilgan:

- Men bu yerga kelganimda birinchi navbatda o‘zimning sport yo‘nalishim bo‘yicha ishni davom ettirganman. Ham aktyor, ham kaskadyor, ham sportchi.

Man Security Industry Specialistda ishlayman. Bu degani butun mirovoy industriya bo‘yicha spetsialist po bezopasnosti. Gollivudda universitet

Ahmad Berdimuhammedov Michael J. White bilan.
Ahmad Berdimuhammedov Michael J. White bilan.

bor. Butun mirovoy tadbirlar, torjestvolar, har xil kinofestivallar, har xil shoular, masalan, Rio de Janeyro karnavali, Oskar taqdimot marosimi, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan kinofestivallarda biz qo‘riqlovchi (security) lavozimini bajaramiz. Men bu yerda bitirganman bir oylik. O‘sha yerda o‘qiganimda Qo‘l bilan olishuv va xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislik sohasida bitirganman.

Mening boshlig‘im, meni o‘qitgan odam, universitet rektori Maykl degan odam telefon qilib “Senga zo‘r ish bor. Ham aktyorlik ishingni davom ettirasan, ham ancha-muncha dunyo yulduzlari bilan tanishib, o‘shalarga o‘zingni ko‘rsatasan va undan tashqari men ham seni bir-ikkita prodyuser va rejissyorlarga mening o‘zbekistonlik aktyorim bor deb aytaman” dedi. Buning ustiga hali O‘zbekistondan hech kim Oskarda qo‘riqchi, nominant yoki boshqa bir yo‘nalishi bo‘yicha qatnashmagan. Tomoshabin sifatida ham. Chunki xabaringiz bo‘lsa kerak, Oskarga bilet sotilmaydi. Faqat maxsux taklifnoma bilan kelishadi,- deydi Berdimurodov.

“Oskarga harakat qilayapman”

Ahmad Berdimurodov 1997 yili rejissyor Yusuf Roziqovning “Tartib” teleserialida bosh rollardan biri Azamat Sunnatov obrazi orqali tomoshabinlarga tanilgan.

Shundan so‘ng u Tohir Malikning “Shaytanat” romani asosida suratga olingan kinoserialda Jamshid obrazini ijro qilgan.

WALK DEAD END filmidagi obrazi
WALK DEAD END filmidagi obrazi

​Keyin o‘zbekistonlik va rossiyalik kino ijodkorlari hamkorligida yaratilgan “Makrli dunyo” filmida Elyor Ergashev, o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan “Panoh”, “Sevginator”, “Tuzoq”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi filmlarda ishtirok etgan.

2010 yil AQShga kelgach, Ahmad Berdimurodov Nyu Yorkdagi kino akademiyasida rejissyorlik bo‘yicha tahsil olgan.

Ahmad kelajakda albatta Oskar sovrinini olish uchun harakat qilayotganini aytadi:

- Men Amerikada, shu Hollivuddaman. Bir oy bo‘lmadi, menga taklif tushdi. Uchta kompaniya ya‘ni Universal Pictures, Columbia Pictures va Sony Entertainment Pictures bilan kontarktim bor. Undan tashqari Hollivuddagi Gildiya akterov Gollivudadan taklif tushgan. Hozir SAG ya‘ni Screen Actors Guild a‘zosiman. Ular meni har oyda 2-3ta rol bilan ta‘minlashi shart. Shuning uchun hozir o‘zim qo‘riqlayotganim Oskarga niyat qilib qo‘yganman. Vaqti soati kelsa, shu qizil dorojkadan o‘tib, Oskarni olish niyatim bor. Aktyor yoki rejissyor sifatida, mana shu yerda sahnada turib, ona yurtimga ko‘rsatish umidi bilan ishlayapman. Oskarga uch tomonlama harakat qilayapman. Stsenarist, rejissyor va aktyorlik faoliyatim bilan harakat qilayapman.

Ahmad Berdimurodov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Ўзбек актёри Ҳолливудда Оскар ҳайкалчаларини қўриқлаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:04 0:00
XS
SM
MD
LG