Линклар

Prezident Islom Karimov qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashdi​


Islom Karimov 19 fevral kuni Qarshi va Termiz shaharlarida saylovchilar bilan uchrashdi.

Islom Karimov 19 fevral kuni Qarshi va Termiz shaharlarida saylovchilar bilan uchrashdi.

19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Islom Karimov Qarshi shahrida qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashdi. Qashqadaryo viloyati markazidagi “O‘zgaztransstroy” shirkatining majlislar zalida o‘tgan uchrashuvni 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi I. Jo‘rayev boshqardi va uchrashuvda nomzod Islom Karimov so‘zga chiqdi.

“Prezidentimiz o‘z so‘zlarida doim qashqadaryoliklarga suyanishini, bu vohaninig odamlari mard va tanti bo‘lishini ko‘p takrorladilar. Bu kunlarga osonlik bilan kelmaganimiz, xalqimiz hayoti farovonlikda hech bir joydan qolishmasligi kerakligini aytdilar. U kishi shu yurt uchun kerak bo‘lsa, jonimni berishga tayyorman deganlari biz saylovchilarni to‘lqinlantirib yubordi”, dedi “Nuroniy” jamg‘armasining viloyat bo‘limi faollaridan biri.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, prezident Karimov kelishi kutilayotgan Shahrisabz shahrida bir necha kundan beri hasharlar o‘tkazilmoqda.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, prezident Karimov kelishi kutilayotgan Shahrisabz shahrida bir necha kundan beri hasharlar o‘tkazilmoqda.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Qashqadaryoda prezidentlikka nomzod Islom Karimovning tashrifiga 15 kun avval tayyorgarlik boshlangan. Uchrashuvda ishtirok etgan 320 nafar saylovchining har biri suhbatdan o‘tkazilgan, ishtirokchilarning kostyumlari bichimidan torib, soch turmaklarigacha qay tartibda bo‘lishiga ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, Ozodlikning Qashqadaryodagi manbalarining aytishicha, Islom Karimov kelishi kutilayotgani bois viloyatning Shahrisabz shahrida bir necha kundan beri hasharlar uyushtirilmoqda. Lekin manbalarimizga ko‘ra, Karimov Shahrisabzga tashrif buyurmagan. Payshanba kuni prezident Qarshi shahridan tashqari qo‘shngi Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida ham saylovchilar bilan uchrashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Qashqadaryo viloyat matbuot markazining o‘zini tanitmagan xodimi “Ozodlik”ka prezidentlikka nomzod Islom Karimov bilan saylovchilarning uchrashuvi saylov qonunchiligi doirasida tashkil etilganini ta‘kidladi. Uchrashuv tafsilotlariga to‘xtalmagan matbuot markazi xodimi tegishli tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlargaginama‘lumot berilishini ta‘kidlash bilan cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov nomzodi O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan tomonidan ilgari surilgan va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2015 yilning 14 fevralida ro‘yxatga olingan.

Prezident saylovida to‘rtinchi marta ishtirok etayotgan Islom Karimovdan tashqari 29 martga belgilangan saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xotamjon Ketmonov, Milliy tiklanish xalq demokratik partiyasidan Akmal Saidov va "Adolat" demokratik partiyasidan Nariman Umarovlar nomzodi ilgari surilgan.

Mamlakatni 25 yildan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning saylovda g‘alaba qilishi bashorat qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG