Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:33

O‘zbekiston fuqarolariga ko‘priklarni rasmga olish taqiqlandi​


Samarqand viloyati Nurobod tumani Omonboy qishlog‘idagi yog‘och ko‘prik ham davlat siri hisoblanadi.
Samarqand viloyati Nurobod tumani Omonboy qishlog‘idagi yog‘och ko‘prik ham davlat siri hisoblanadi.

O‘zbekistondagi nashrlar Toshkentda xorijliklarga bir qator ob‘ektlarni suratga olish taqiqlangani haqida ma‘lumot tarqatishdi. Bu ma‘lumotni o‘rganish chog‘ida nafaqat xorijliklar¸ balki O‘zbekiston fuqarolariga ham qator ob‘ektlarni suratga olish taqiqlangani ma‘lum bo‘ldi. Ozodlik muxbiriga ma‘lum bo‘lishicha¸ O‘zbekiston fuqarolariga saksondan ortiq ob‘ektni fotosuratga olish taqiqlangan.

Ozodlikning O‘zbekiston vazirliklaridan birida ishlovchi manbasining aytishiga ko‘ra¸ mamlakat fuqarolari ko‘priklar va irrigatsiya tizimiga oid qurilmalarni suratga olishi mumkin emas:

- Chunki ko‘priklar davlat sirlari reyestriga kiritilgan. Bu reyestr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tarafidan tasdiqlangan. Bu reyestrga kirgan ob‘ektlarning maxfiylik tartibini davlat boshqaruvi organlari, korxona va muassasalar amalga oshiradi¸ dedi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekiston fuqarolariga saksondan ortiq ob‘ektlarni suratga olish¸ chizmalaridan nusxa ko‘chirish yoki rasmini chizish taqiqlangan.

- Bu ob‘ektlar turli kategoriyalarga ajratilgan. Reyestrda alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy degan bo‘limlar bor. Masalan, Termiz yaqinidagi ko‘prik birdaniga uch bo‘limda bor. Bu ko‘prikka harbiy¸ siyosiy va ilmiy-texnikaviy tarzda maxfiylik tartibi belgilangan. Bundan tashqari urush davri uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat zahiralari saqlanadigan omborlarni ham rasmga olish mumkin emas. Metro¸ yer osti yo‘llari, kanalizatsiya shaxtalari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini ham fotoga olish mumkin emas¸- deb bildirdi Ozodlik manbasi.

UZ24 nashrining Toshkent hoikimiyatiga tayangan holda bildirishicha, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yodgorliklar, madaniyat va sog‘liqni saqlash muassasalari, o‘quv dargohlari, teatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari, stadionlar, ko‘chalar, maydonlar va aholi punktlarini suratga olishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston fuqarolari nimalarni suratga olishi olishi mumkin?

Ozodlik manbasi bu savolga aniq javob bera olmadi:

- Reyestrda faqat suratga olinishi taqiqlangan ob‘ektlar yozilgan. Nima mumkin degan aniqlama yo‘q. Endi mantiqdan kelib chiqsak¸ nima taqiqlanmagan bo‘lsa o‘sha mumkin bo‘lsa kerak. Qolaversa, bu Vazirlar mahkamasiniing reyestri. Boshqa tashkilotlarda yana boshqa ro‘yxatlart bo‘lishi mumkin¸- dedi Ozodlik manbasi.

O‘zbekistonda davlat sirlari “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan qo‘riqlanadi.

Sid Yanishev taxallusi bilan tanilgan o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Said Abdurahimov Toshkentning Oloy bozoridagi piyozsotuvchilarini suratga olgani uchun jarimaga tortilgan edi.

O‘zbekistonda nafaqat bozordagi ko‘kat sotish ko‘lami balki boshqa savdo munosbatlariga maxfiylik tartibi belgilangan.

2015 yil yanvaridan boshlab O‘zbekiston hukumati tashqi savdo, valyuta operatsiyalari, eksport va importga oid operatsiyalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham davlat siri rutbasiga ko‘tarilgan.

Iqtisodchilar taxminicha, gap "davlat siri" sirasiga kiritilgan davlat qarzi, harbiy va xavfsizlikka oid hamkorlik shartnomalaridan tashqari, aholi uchun sir qolayotgan paxta, tilla, gaz kabi milliy boyliklar savdosiga oid kelishuvlar haqida bormoqda.

Shu yilning 12 yanvar kuni Norma.uz saytida e‘lon qilingan xabarga ko‘ra, bundan buyon tashqi valyuta operatsiyalar, davlatning tashqi qarzi, harbiy-texnikaviy va axborot xavfsizligiga oid shartnomalar, eksport va import ko‘lamiga oid hamkorlik shartnomalari O‘zbekistonda joriy etilgan Yagona davlat interaktiv portali orqali rasmiylashtirilmaydi.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligidagi Ozodlik manbalarining ta‘kidiga ko‘ra¸ paxta oldi-sotdisi¸ O‘zbekiston paxtasi qaysi davlatlarga, qancha miqdorda va qanday narxda sotilishi ham davlatning iqtisodiy siri sifatida malakalangan.

XS
SM
MD
LG