Линклар

Liviyadan o‘g‘irlagan misrlik 21 nasroniy boshi kesilgani da‘vo qilingan video Internetda tarqalishi bilan “Islomiy davlat” Liviya orqali bir necha haftada Yevropaga kirishi mumkin, degan xavotir tilga olina boshladi. Hukumatlar jangarilarning noqonuniy muhojirlar dengiz orqali Liviyadan Italiyaga borayotgan yo‘lni o‘z nazoratiga olishi mumkinligidan tashvish qilmoqda.

Kuni kecha Internetda tarqatilgan “Xoch ahliga yo‘llangan qonli mujda” nomli 5 daqiqalik videoda Liviya hududidan o‘g‘irlangan 21 misrlik qibtiy nasroniyning boshi tanasidan olingani iddao qilindi.

Bu video tarqalgach, Misrning Buyuk Britaniyadagi elchisi Nosir Kamol Liviyadagi jangarilar Yevropaga to‘g‘ri-to‘g‘ri tahdiddir, deb bayonot berdi. Unga ko‘ra, jangarilar Liviya orqali Italiyaga eltuvchi dengiz yo‘lini o‘z nazoratiga olishi mumkin.

Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy guruhlar nazoratida bo‘lgan bu yo‘ldan yiliga minglab muhojir va qochqin Yevropaga suzib o‘tadi. Ular orasida ko‘plab muhojir yoki qochqin odam tujjorlari qo‘liga tushib, qulga aylanadi, yoxud yo‘ldagi turli xatarlardan nobud bo‘ladi.

U yerda qayiq va kemalar muhojirlikka ketayotganlarni O‘rta Yer dengizi orqali olib o‘tadi. Keyingi bir necha hafta ichida birgalikda chora ko‘rmasak, terrorchilar bilan to‘lgan kemalar ham paydo bo‘lishi mumkin” deb ogohlantirdi.

Italiya sohillariga Liviya sohilidan boradigan dengiz yo‘li 300 kilometrga yaqindir.

Italiya hukumati IDning so‘nggi tahdididan so‘ng bu borada jiddiy xavotir bildirdi. Tashqi ishlar vaziri Paolo Jentiloni 18 fevral kuni bergan bayonotida Yevropa davlatlari maxsus xizmatlarini IDning Liviyadagi qanotiga qarshi jiddiy chora ko‘rishga chaqirdi.

Ayni paytda 2015 yil boshidan beri Liviyadan Italiyaga kelayotgan muhojirlar soni misli ko‘rilmagan darajada oshib borayotgani aytilmoqda. Liviyada izdan chiqayotgan vaziyat bu davlatga qochib o‘tgan qochqinlar va bu mamlakat aholisining ma‘lum bir qismini xavfli dengiz yo‘lini oshib o‘tib, Yevropaga qochishga undamoqda.

Shu bois, Italiya Tashqi ishlar vaziri 17 fevral kuniyoq BMTga murojaat qilib, Liviyadagi vaziyatga tezkor yechim topish va IDning Yevropaga solishi mumkin bo‘lgan yo‘lini boshidanoq qirqishni so‘radi.

ID o‘tgan yilning oktabr oyida Liviyada o‘ziga xayrihoh guruh ishonchini qozongan edi. Mamlakatning sharqidagi Derna shahriga yig‘ilgan jangarilar guruhi ID yetakchisi Bag‘dodiyga bay‘at keltirgan. Bundan so‘ng ID Liviyada amalga oshirilgan bir necha qonli hujum uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG