Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:51

JONLI MULOQOT: Xayrulla Hamidov tinglovchi savollariga javob berdi​


11 fevral kuni ozodlikka chiqarilgan 40 yashar taniqli diniy voiz va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 24 fevral kuni Ozodlik tinglovchilarining savollariga jonli efirda javob berdi.

Ozodlikning Chodirxayol eshittirishi mehmoni bo‘ladigan Xayrulla Hamidov o‘zining yangi yozgan g‘azal va baytlarini ham tinglovchilarga o‘qib berdi.

2010 yilning 21 yanvar kuni hibsga olingan Xayrulla Hamidov o‘sha yilning 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukmi bilan "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Xayrulla Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralagan va uning ozodlikka chiqarilishini so‘rab kelayotgan edi.

Xayrulla Hamidovning she‘rlari 2013 yilda Londonda chop qilingan “Mahkumlar qo‘shig‘i” kitobida o‘zbek va ingliz tillarida chop qilingan.

Dasturning audio shaklini quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG