Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:00

Amnesty International: O‘zbekistonda ko‘p mahbuslar tibbiy yordamdan mahrum​


63 yoshni qarshi olgan Murod Jo‘rayev 20 yildan buyon qamoqda saqlanmoqda.
63 yoshni qarshi olgan Murod Jo‘rayev 20 yildan buyon qamoqda saqlanmoqda.

Amnesty International (Xalqaro Amnistiya) xalqaro inson huquqlari tashkiloti chiqargan yillik hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar va boshqa turdagi tahqirlashlar hozir ham muntazam qo‘llaniladi va keng tarqalgan. O‘zbekiston rasmiylari huquq-tartibot idoralari zobitlari tomonidan qiynoqlar qo‘llanishi haqidagi da‘volarni inkor etadi va “ishonchli xabarlarni” izchil tekshirishmaydi, deya ta‘kidlanadi tashkilot hisobotida.

Unga ko‘ra, davlatga qarshi va terrorizmda ayblanganlarning jazo muddatlari “asossiz uzaytiriladi va ko‘plar zaruriy tibbiy yordamdan mahrum”.

Hisobotga ko‘ra, ba‘zi mahkumlar jazo muddatlari “qamoqxona tartibini buzish” vaji bilan bir necha bor uzaytirilgan.

Jumladan, Amnesty International O‘zbekiston parlamentining sobiq vakili Murod Jo‘rayevni taqdirini misol qilib keltiradi.

63 yoshni qarshi olgan Murod Jo‘rayev 20 yildan buyon qamoqda saqlanmoqda.

Murod Jo‘rayev xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistondagi eng uzoq muddatli siyosiy mahkum sifatida e‘tirof etilgan.

Hozirga qadar unga 1995 yilda berilgan 12 yillik qamoq jazosi bir necha bor uzaytirildi.

Uning ayoli Xolbeka Jo‘rayeva Ozodlik bilan suhbatda erining sog‘ligi o‘ta yomonlashganini aytdi.

“Qo‘rqib ketaman. Skeletga o‘xshab qolganlar. Qorinlarida grija paydo bo‘lgan. Piyoladek keladi. Nimaga aytmayapsiz, deb so‘rasam..., saylovlar kelayapti, chiqarib yuborishar..., borib ishonchli doktorlarga operatsiya qildiraman, dedilar,” – dedi Xolbeka Jo‘rayeva.

“Davolanish huquqi”

Amnesty International qamoqxonalarda siyosiy mahkumlarning tibbiy davolanish huquqi poymol etilayotganiga alohida e‘tibor qaratadi.

Misol tariqasida tashkilot 2014 yil yozida saratondan vafot etgan Abdurasul Xudoynazarovga ko‘rsatilgan munosabatni keltirgan.

Tashkilot da‘vo qilishicha, ahvoli muntazam yomonlashib borganiga qaramasdan, Abdurasul Xudoynazarovga sakkiz yil davomida to‘laqonli davolanish imkoni berilmadi.

Mahkum o‘limidan bir necha hafta oldin ozod etilgandi.

Tibbiy yordam ko‘rsatilmagani uchun oxirgi bir yil ichida kamida ikki nafar mahbus olamdan o‘tdi, deyiladi nufuzli xalqaro tashkilot hisobotida.

Davolanishga muhtoj mahkumlar o‘ladigan darajaga kelgunicha tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi, deydi tashkilot.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Birlashgan Millatlar va boshqa xalqaro tashkilotlarning shafqatsiz muomalaga chek qo‘yish chaqiriqlari O‘zbekiston hukumati tomonidan javobsiz qolmoqda.

O‘zbekiston hukumati qiynoqlarning muntazam qo‘llanishini rad etadi va mamlakat jazoni ijro etish tizimi “dunyodagi eng liberal tizimlardan biri” ekanini da‘vo qiladi.

Rasmiy Toshkent huquq-tartibot xodimlarining inson haqlariga doir bilimlarini oshirish maqsadida keng ma‘rifiy dasturlarni yo‘lga qo‘yganini aytadi.

XS
SM
MD
LG