Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:14

WBA Ruslan Chagayev chempionlik maqomini himoya qilishi shartligi haqida qaror chiqardi


Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik jahon chempioni Ruslan Chagayev jahon chempionligiga nomzod Lukas Braun bilan majburiy jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi shartligi haqida buyruq chiqardi.

36 yoshli Ruslan Chagayev WBA reytingida 4-o‘rinni egallab kelayotgan Lukas Braun bilan jang o‘tkazish haqida 30 kun ichida shartnomaga erishishi shart.

Xabarlarga qaraganda, agar belgilangan muddat ichida tomonlar shartnomani imzolay olmasa, u holda kengaytirilgan promouterlik savdolari boshlangani e‘lon qilinadi.

Chagayev jahon chempioni maqomini o‘tgan yilning iyul oyida Fresa Okendoni ringda yengish orqali qo‘lga kiritgan edi.

Chagayev jahon chempionligini ikki marta qo‘lga kiritgan. Birinchi marta u rossiyalik Nikalay Valuyevni yengib, 2007 yilda jahon chempioni bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG