Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:57

OzodMaktub: Қамоқдаги муслималарнинг сабр косаси тўлди, ёрдам беринг!


Amnesty International ташкилоти навбатдаги йиллик ҳисоботида Ўзбекистон қамоқхоналарида қийноқлар ва бошқа турдаги таҳқирлар ҳануз мунтазам қўлланилаётганидан хавотир билдирган бир кезда панжара ортидаги муслима аёллар оғир қийноқларга солинаётгани иддао қилинган мактуб Озодликка йўлланди.

Қуйида муаллифи сир сақланган мактубдан бир парчани таҳрирсиз эътиборингизга ҳавола қиламиз:

"... Mana ozodlikka ham chiqtim alhamdulillah sizlarga aytadigan uzundan uzun sozlarim bor, lekin sozimni qisqa qilib aytamanki ozbekiston qamoqhonalarning birida otirdim.

Tergov paytidanoq farz bolgan hijobimiz tortib olindi agar kozlarim bn kormaganimda eshitsam ishonmagan bolardim tergov jarayoni kechalari esimga tushsa uyqim qochadi. Uyerda kop muslima opalarimni kordim, gaplashdim.

Bir kuni yonimda birga bolgan ayolni soroqqa olib ketishdi bir necha kundan keyin yana qaytarib olib kelishdi. Ahvoli judaham ogir edi hatto gapirishga ham tili bormasdi keldiyu yotib oldi. Yotgan joyibimiz tort tarafi biton yotogimiz temir tahta edi.

Bir honada 15ta ayol edik sekin borib nima boldi birodar dedim. Uning kozlaridan yosh oqardi, bir birimizga qarab yigladik, men hali nima bolganini bilmasdan yiglab yubordim. U ayol endi nima qilaman etimga nima diyman, dedi. Men nima qilishti deb soradim u ayol 7-8 kishi bolib soroq qilishdi, rezinkali dubinka bn urishti, sochimni ushlab devolga urushdi, senga kim yordam puli bergan dep muslima ortoqlarini yozasan, deb rosa kaltaklashdi. Jonimni ogrigidan allohu akbar devoripman.

Ularning ikkitasi ho mana shahidka teraris shu yerda ekanu deyishdi. Sokinib ovozim chiqmasin deb paypogimni yechib ogzimga tiqib qoyishdi, ustimdagi hijobim bn boshimni orab boglab qoyishdi. Uyat bolsa ham aytamanki rezinkali dubinka bn nomusimga tegishti, deb yigladi.

Men yiglamang alloh uchun sabr qiling insha alloh qiyomat bor qiyomatta olamiz dedim.

Yana bir ayolni kordim sozlarini eshittim muslima ayollarni yozib berasan deb soroq vaqtida u ayol yozmayman desa kiyimlarini yechib yalangoch qilib upravleni kalidorda rezinkali dubinka bn urip yozmasang ukangni bollarini yonida nomusinga tegamis deb qorqitishibti.

Yozishga majbur bolgan ayoldan hech kim hafa bolmadi.

Men chiqib kettim allohka shukur. Lekin ular qoldilar eshtishimcha zangi ota qamoq honasi da 3000ta ayol bor ekan. Aksariyati muslimalar ekan lekin hammani sabr kosasi tolgan togrisi..."

P.S: Озодлик WhatsApp орқали мактуб йўллаган муаллифга қатор саволлар билан боғланди, аммо муаллиф қўшимча саволларга жавоб беришдан тийилди.

***************************************************************************

OzodMaktubда берилаëтган фикр ва мулоҳазалар оддий ўзбекистонликларнинг шахсий кўз қарашлари ифодаси ва бу мулоҳазалар учун Озодлик таҳририяти масъул эмас!

XS
SM
MD
LG