Линклар

logo-print

IIV: Norinlik tergovchining oilasi buyurtma qotillik qurboni bo‘lmagan


Tergovchining oilasini o‘ldirganlikda gumonlanib, haqqulobodlik to‘rt kishi hibsga olingan.

Tergovchining oilasini o‘ldirganlikda gumonlanib, haqqulobodlik to‘rt kishi hibsga olingan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisining Namangandagi oilasi buyurtma qotillik qurboni bo‘lmagan. Asli norinlik 30 yashar tergovchining rafiqasi, onasi va o‘g‘lini chavaqlab, soyga tashlab ketganlikda gumonlanib ushlangan to‘rt kishi bu xonadonga o‘g‘irlik maqsadida tushganini bo‘yniga olgani xabar qilindi.

O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisining Namangan viloyati Haqqulobod shaharchasida yashagan 61 yashar onasi Zarifa Botirova, rafiqasi 27 yashar Nargiza va 4 yashar o‘g‘li joriy yilning 22 fevral kuni vahshiyona tarzda o‘ldirilib, Andijonsoyga tashlab ketilgandi.

Tergovchining oilasiga qilingan suiqasd buyurtma ekani taxmin qilingan.

Mahalliy matbuot qotillik tergovchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, undan qasd olish maqsadida amalga oshirilgani haqida yozdi.

Ozodlikning Haqquloboddagi manbalari ham tergovchining oilasini buyurtma qotillar o‘ldirgani haqidagi taxminni bildirishgan:

“Toshkentda ishlaydigan o‘g‘lining ishidan norozi bo‘lganlar oilasini zakaz qilishgan, deyishayapti”, degandi haqqulobodlik manba.

Ichki ishlar vazirligi bu taxminni inkor qilib, 30 yashar tergovchining oilasi xonadonga o‘g‘irlikka tushgan bosqinchilar tomonidan o‘ldirilganini bildirdi.

Tergovchining oilasini o‘ldirganlikda gumonlanib, haqqulobodlik to‘rt kishi hibsga olingan.

Namangan viloyat huquq-tartibot idoralaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, hibsdagi to‘rt kishi tergovchining uyiga o‘g‘irlik maqsadida bostirib kirganini bo‘yniga olib, o‘g‘irlikka halaqit qilgan xonadon egalarini o‘ldirishga majbur bo‘lishgani haqida ko‘rsatma berishgan.

Hibsga olinganlardan birining uyida tergovchining xonadonidan o‘g‘irlangan narsalar topilgani aytilmoqda.

Dastlab ushbu qotillik tafsilotlaridan xabardor Haqquloboddagi manbalar tergovchining uyidan hech narsa o‘g‘irlanmagani haqida aytishgandi.

Hozirda mazkur qotillik bo‘yicha ochilgan jinoiy ishni Namangan viloyat Milliy xavfsizlik bo‘limi va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Toshkentdan kelgan tergovchilar guruhi bilan hamkorlikda o‘rganmoqda.

XS
SM
MD
LG