Линклар

To‘rajonzoda: "Karimov muftiyni vatanga qaytarishni mendan so‘ragan edi"​


Hoji Akbar To‘rajonzoda Tojikistonda eng nufuzli davlat arbobi va diniy rahnamolardan biri hisoblanadi.

Hoji Akbar To‘rajonzoda Tojikistonda eng nufuzli davlat arbobi va diniy rahnamolardan biri hisoblanadi.

Tojikistonning sobiq muftiysi Hoji Akbar To‘rajonzoda O‘zbekiston prezidenti undan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hijratdan qaytarishni so‘raganini e‘tirof etdi.

Ozodlik bilan xos suhbatda tojikistonlik taniqli diniy va siyosiy arbob Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Liviyadan vataniga qaytarish masalasi 1996 yilda O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi chog‘ida ko‘tarilganini aytdi.

U, shuningdek, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xavfsizlik idoralari bilan hamkorlik qilgani haqidagi ba‘zi shaxslar da‘volarini "asossiz bo‘hton", deya rad etdi.

"U faqat Xudoning xizmatida edi", - dedi Hoji Akbar To‘rajonzoda.

Uning aytishicha, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan O‘rta Osiyolik musulmonlarga "buyuk meros qolmoqda".

Ammo, tojik diniy peshvosining ishonishicha, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "o‘rnini bosadigan olim O‘zbekistonda hozir yo‘q".

"Bugungi zamonamizda u kishidek sermahsul olim.... mavjud emas," - dedi Hoji Akbar To‘rajonzoda.

Hoji Akbar To‘rajonzoda Ozodlik bilan xos suhbatda "yaqin do‘sti" o‘limidan shok holatiga tushganini aytdi.

Hoji Akbar To‘rajonzoda bilan to‘liq suhbatni quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG