Линклар

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiysi Shayx Abdulaziz Mansur Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf olamdan o‘tgani munosabati bilan marhum haqida esladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiysi shayx Abdulaziz Mansur Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf olamdan o‘tganini Bishkekdagi anjumanda ishtirok etayotganida eshitganligini bildirdi:

- Shayxning olamdan o‘tganligini eshitib ma‘yus bo‘ldim. Bishkekda forumda ishtirok etayotgan edim. Islom va mintaqa xavfsizligi borasidagi forumning ertalabki majlisini Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga duo qilish bilan boshladik. Shayx bilan yaqindagina birga o‘tiruvdik. Shayx Muhammad Sodiq Sovet Ittifoqi parchalangan alg‘ov-dalg‘ov davrlarda musulmonlar boshini qovushtirgan edi¸- deb eslagan Shayx Abdulaziz Mansur Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning oila a‘zolari, yaqinlariga va Markaziy Osiyo musulmonlariga Ozodlik orqali o‘z ta‘ziyasini bildirdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 10 mart kuni Toshkentda yurak xurujidan vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy saytida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning vafoti munosabati bilan ta‘ziya bildirilgan xabar chiqdi.

Xabarda 2015 yil 10 mart kuni kechqurun Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yurak xurujidan olamdan ko‘z yumgani ta‘kidlanadi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bildirishida shayxning hayot va ijod yo‘li bayon etilib, uning islom dini va xalq uchun qilgan xizmatlari e‘tirof etilgan.

XS
SM
MD
LG