Линклар

Sobiq Sovet Ittifoqi Oliy Kengashining sobiq deputati¸ shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan birga Moskvada hamkorlik qilgan Po‘lat Oxunov marhumning deputatlik faoliyatini esladi.

- Menga shayx bilan tanishish, suhbatlashish va SSSR Xalq deputati sifatida u bilan birga bir necha yil hamkorlikda ishlash nasib qilgan.

U kishi bilan birga SSSR Xalq deputati bo‘lganmiz va bir necha yil davomida turli xil majlislarda birga qatnashib, ko‘p muloqot qiganmiz. Deputatlarning birinchi s‘ezdida, SSSRning birinchi va so‘ngi prezidenti Mixail Gorbachev o‘sha payt O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining muftiysi bo‘lgan shayx hazratlari bilan alohida uchrashuv o‘tkazgan va o‘sha kunning o‘zidayoq, shayx taqdim qilgan hujjatlar asosida, Markaziy Osiyo davlatlaridan Haj farzini ado etish uchun musulmonlarga keng sharoit va boruvchilar sonini keskin oshirish masalasida topshiriqlar bergandi. Xuddi o‘sha yili SSSR tarixida birinchi marta nihoyatda ko‘p sonli guruh Haj ziyoratida bo‘lishdi¸- deydi suhbatdosh.

Po‘lat Oxunovning aytishicha, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘zbek yigitlarining Sovet armiyasida taxqirlanishining oldini olish uchun katta mujodala qilgan:

- Shaxsan men uchun bu kishi bilan birga Oliy Kengashda mintaqamiz yigitlarini harbiy xizmatda tahqirlanishi va o‘ldirilishi holatlariga qarshi kurashganimiz juda qadrlidir. "Harbiy mardikorlikni" yo‘q qilish va mintaqamiz yigitlari o‘z yurtlarida harbiy xizmatlarini o‘tashi masalasida men SSSR rahbari Gorbachev va SSSR Mudofaa vaziri Yazov nomlariga yozgan talabnomamni qo‘llagan birinchi deputat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bo‘lgan edi¸- deya esladi sobiq Sovet Ittifoqi Oliy Kengashining sobiq deputati Po‘lat Oxunov.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 10 mart kuni Toshkentda yurak xurujidan vafot etgan edi.

XS
SM
MD
LG