Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:53

Ozodlik hamkori Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf​


Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ozodlik radiosining siyosiy, ijtimoiy lavha va dasturlarini tayyorlashda hissa qo‘shgan.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ozodlik radiosining siyosiy, ijtimoiy lavha va dasturlarini tayyorlashda hissa qo‘shgan.

10 mart kuni kutilmaganda vafot etgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ko‘p yillar davomida Ozodlik radiosida diniy sharhlovchi sifatida ham faoliyat qilgan.

Marhum 1993-97 yillarda Liviyada majburiy muhojiratda yashagan paytlardanoq Ozodlik bilan hamkorlik qila boshlagan. 2007 yilgacha davom etgan hamkorlik natijasida “Qadriyatlar” diniy-ma‘rifiy dasturi Ozodlik tinglovichlari e‘tiboriga havola qilingan.

Bundan tashqari, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ozodlik radiosining siyosiy, ijtimoiy lavha va dasturlarini tayyorlashda ham hissa qo‘shgan.

Jumladan, 2006 yilning 19 fevralь kuni efirga berilgan Qurultoy dasturining “Islom va demokratiya” mavzusidagi sonida Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ishtirok etgan edi.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфи иштирокидаги Қурултой дастури: "Ислом ва демократия"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:44:07 0:00
Бевосита линк

U kishining 1997 yilda muhojiratdan O‘zbekistnga qaytishida Ozodlik radiosining roli ham bo‘lgan.

1997 yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ishtirokidagi matbuot anjumanida Ozodlikning o‘sha paytdagi muxbirlaridan biri Furqat Yakvalxo‘jayev davlat rahbariga “Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdek olim qachongacha muhojiratda yuradi, u kishining O‘zbekistnga qaytishiga qachon izn beriladi”, ma‘nosidagi savolni bergan edi.

Prezident Karimovning “ u kishining O‘zbekistonga qaytishiga qarshiligim yo‘q”, degan javobi 5 yillik muhojiratdan keyin shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning vataniga qaytishi uchun yo‘llarni ochib bergan edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 10 mart kuni Toshkentda, kutilmaganda, yurak xurujidan vafot etdi.

Ozodlik jamoasi marhumning oila a‘zolari va yaqinlariga ta‘ziya bildiradi.

XS
SM
MD
LG